O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


VIII bob. Siyosiy huquqlar



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
constitution oz

VIII bob. Siyosiy huquqlar 
36-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita 
hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, 
referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat 
organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.
Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun 
bilan belgilanadi. 


37-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar. 
Davlat xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi. 
38-modda. 
Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq 
mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari 
faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash 
huquqiga ega. 
39-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa 
jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. 
Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek davlat 
hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari
erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas. 
40-modda. 
Har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, 
takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. 
Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib 
chiqilishi shart. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin