O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
constitution oz

80-modda. 
Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga 
majburdirlar. 
XV bob. Ommaviy axborot vositalari 
81-modda. 
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. 
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, 
undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. 
Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun 
javobgardir. 


82-modda. 
Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga 
muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
TO‘RTINChI BO‘LIM. MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILIShI 
XVI bob. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi 
83-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, 
shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. 
84-modda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, 
shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. 
XVII bob. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
85-modda. 
Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan 
muhofaza etiladi. 
86-modda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga zid bo‘lishi mumkin emas. 
87-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham 
majburiydir. 
88-modda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi 
mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil 
hal qiladi. 
89-modda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega. 
90-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari 
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga 
keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin