O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


XI bob. Fuqarolarning burchlari



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
constitution oz

XI bob. Fuqarolarning burchlari 
59-modda. 
Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarini bajaradilar. 
60-modda. 
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, 
erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. 
61-modda. 
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-
avaylashi shart. 
Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 
62-modda. 
Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. 
63-modda. 
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart. 
Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga 
oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak. 
64-modda. 
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining 
burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga 
majburdirlar. 
UChINChI BO‘LIM. JAMIYAT VA ShAXS 
XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari 
65-modda. 
Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-
xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun 
shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy 
faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan 
himoya qilinishi ta’minlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va 
tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas. 
66-modda. 
Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi 
va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa 
shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. 
67-modda. 


Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi. 
Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati 
yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat 
resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. 
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi. 
68-modda. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar 
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. 
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik 
sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin