O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


I bob. Davlat suvereniteti



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
constitution oz

I bob. Davlat suvereniteti 
1-modda. 
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik
huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni 
anglatadi. 
2-modda. 
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va 
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. 
3-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat 
hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. 
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir. 
4-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. 
5-modda. 


O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi 
va madhiyasiga ega. 
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir. 
6-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri. 
II bob. Xalq hokimiyatchiligi 
7-modda. 
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar 
tomonidangina amalga oshiriladi. 
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, 
hokimiyat organlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy 
tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos 
bo‘ladi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin