1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi,
uning samarali
ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi;
2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;
3) xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi nomidan ish
ko‘radi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
118-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida
yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan
keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining
amaldagi tarkibi iste’foga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va
ma’qullashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar
fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma
kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqadi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik
palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq
istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik
palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda ma’qullangan
hisoblanadi.
Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zolari ularning nomzodlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan keyin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Bosh vazirni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki a’zosini iste’foga chiqarishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi a’zosining o‘z faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi a’zosining hisobotini eshitish yakunlariga ko‘ra Qonunchilik palatasi uni
iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi taklifni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun
kiritishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari parlament so‘rovlariga va
Qonunchilik
palatasi deputatining, Senat a’zosining so‘rovlariga qonunda belgilangan tartibda javob
berishi shart.
Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: