144-modda. Prokuratura
organlarining
yagona
markazlashtirilgan
tizimiga
O‘zbekiston
Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining prokurori O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori
bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan
tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasining
Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil.
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh
prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.
145-modda. O‘zbekiston Respublikasining prokuratura organlari o‘z vakolatlarini boshqa davlat
organlaridan, o‘zga tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga bo‘ysungan holda amalga oshiradi.
Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi
boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun
bilan belgilanadi.
146-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv,
tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy tashkilotlar, jamoat
birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi.
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko‘rsatishlari
mumkin.
XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi