Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil
sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va
bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha
hisobdor bo‘lmaydi.
Sudyalar daxlsizdir.
Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Sudyani muayyan ishning
muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor
qilishga yoki to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va
asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi
sudyani lavozimidan
ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi,
shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari
bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: