O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


-modda.  O‘zbekiston Respublikasi o‘zining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega.  148-modda



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
constitution oz

147-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega. 
148-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-
taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi. 
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 
shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. 
Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishi 
tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi. 
149-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish 
huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir. 
150-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir. 


So‘m O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov 
vositasidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining hududida qonuniy 
to‘lov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda 
mutlaq huquqqa egadir. 
151-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va 
banklardan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqadi 
hamda amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni 
amalga oshiradi, bank va to‘lov tizimlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vazifalarini bajarishda mustaqildir. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin