O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
constitution oz

129-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, 
viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik
kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov 
komissiyasi tuziladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga 
boshchilik qiladi, o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining 
tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati 
tomonidan saylanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining taqdimiga binoan komissiya a’zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya 
majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasining raisi etib saylanishi mumkin emas. 
XXIII bob. Sud hokimiyati 
130-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish 
yuritadi. 
131-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin