Viloyat, tuman va shahar hokimi o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik
asosida amalga oshiradi
hamda o‘zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyatni, tumanni,
shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar
taqdim etadi, ushbu hisobotlar bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul
qilinadi.
126-modda.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududdagi barcha
tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan
qarorlar qabul qiladi.
127-modda.
Shaharchalar,
qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar va
ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni
saylaydi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi
hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy
o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan
kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.
Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun
zarur
shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida
ko‘maklashadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning
faoliyatini tashkil
etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi.
XXII bob. Saylov tizimi
128-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va
saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z
xohish-
irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga,
viloyatlar,
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning
konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi
yakshanbasida o‘tkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov
o‘tkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri
saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan
fuqarolari saylash huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovini tayinlashga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari
deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida
ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir
jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan
mahrum etish joylarida
saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning
qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini
to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati
vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: