O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/39
tarix14.10.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#155299
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
constitution oz

125-modda. 


Viloyat, tuman va shahar hokimi o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi 
hamda o‘zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. 
Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyatni, tumanni, 
shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar 
taqdim etadi, ushbu hisobotlar bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul 
qilinadi. 
126-modda. 
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‘z vakolatlari doirasida tegishli hududdagi barcha 
tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 
qarorlar qabul qiladi. 
127-modda. 
Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va 
ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni 
saylaydi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi 
hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy 
o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan 
kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. 
Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun 
zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida 
ko‘maklashadi. 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini tashkil 
etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi. 
XXII bob. Saylov tizimi 
128-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va 
saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-
irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning 
konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi 
yakshanbasida o‘tkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov 
o‘tkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida 
yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan 
fuqarolari saylash huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
saylovini tayinlashga haqli. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari 
deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida 
ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar. 
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan 
ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. 
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir 
jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida 
saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning 
qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini 
to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. 


O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati 
vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas. 
Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin