O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI 0
Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi va uning qabul qilinishi Konstitutsiya loyihasi muhokamasi bir necha bosqichda bo'lib о tdi. Birinchi bosqich — bu loyiha tayyorlovchi komissiya majlisida, ishchi guruhlarda bo lgan muhokama. Bunda muhokamaga mutaxassislar, ekspertlar jalb qilindi. Ularda konstitutsiya tuzilishi, tartibga solish doiralari aniqlab olindi. Muhokamaning ikkinchi bosqichi umumxalq muhokamasi bo'lib, bu xususida alohida to'xtalamiz. Uchinchi bosqich Oliy Kengash komissiyalari va sessiyasida deputatlar muhokamasi. Tayyorlangan loyiha Komissiya qaroriga asosan 1992-yil 26-sentabrda ommaviy axborot vositalarida umumxalq muhokamasiga e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi o‘tgan davr shu vaqtda aholining faolligi kuchaygan davrga to‘g‘ri kelganligi bilan xarakterlanadi. Ittifoqning tarqalib ketishi, mustaqillikning qo‘lga kiritilishi xalqning faolligiga ijobiy ta’sir qildi. Demokratik o'zgarishlardan ta’sirlangan fuqarolarning siyosiy hayotda ishtirok etish orqali muhim masalalarga ta’sir qilish ishtiyoqi shu vaqtda, ayniqsa, kuchaydi. Qo‘rquvlardan, totalitar tuzum ta’qibidan xalos bo'lgan xalq o‘z fikrini erkin bayon qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ommaviy axborot vositalarida, yig'ilishlarda har xil fikrlar bayon qilishga keng imkoniyat yaratildi. Loyiha bo‘yicha ko‘plab takliflar tushdi. Shular asosida loyiha qayta ishlanib, takomillashgan loyiha 1992-yil 21-noyabrda ikkinchi marta umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Mamlakatimizda konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi ikki bosqichda o'tkazilganligi, birinchi bosqich muhokamasi asosida tushgan taklif va tavsiyalar asosida loyiha takomillashtirilib, yana qayta muhokamaga qo'yilganligini, jahon konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasida yangi holat desa ham bo ladi. Chunki, shu vaqtgacha, konstitutsiyaviy loyihalar bir bosqichda о tkazilib kelinaredi. Bu tajriba konstitutsiyaning yanada pishiq, puxta bo'lishini ta’minladi Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif, tavsiya va mulohazalar bildirildi. Loyihani ishlovchi komissiyaning o'ziga bevosita mingdan ziyod xatlar kelib tushdi. Muhokama natijasida tushgan takliflarda ayrim normalarni o’zgartirish, qo'shimcha qoidalar kiritish, moddalarni to'ldirish, Konstitutsiyaviy normalarni aniq ifodalash, ular ommaga tushunarli tilda bo'lishi haqida mulohaza va tavsiyalar bildirildi. Takliflar asosida loyiha matnining deyarli yarmi o'zgarishga uchradi, ularga aniqliklar kiritildi. Loyihadagi 127 moddadan deyarli 60 tasi tuzatishlarga uchradi, uiarning normalariga aniqliklar kiritildi. E’lon qilingan loyiha variantidan 4 ta modda umuman chiqarib tashlandi. Takliflar konstitutsiyaning deyarli barcha holatlariga taalluqli bo'ldi. Umumxalq muhokamasi natijasida tushgan takliflarga komissiya Raisi, ayniqsa, katta e’tibor bilan qaradi'. Umumxalq muhokamasi nafaqat Konstitutsiyani takomillashtirishga xizmat qildi, u Prezident ta’riflaganidek, xalq irodasini bevosita aniqlash, muhokama natijasida to'plangan juda boy materiallarni har tomonlama va chuqur o'rganib, tahlil qilib, uni mujassam davlat irodasi sifatida Asosiy qonunda ifodalash imkonini berdi2. Umumxalq muhokamasi O'zbekistonda yashovchi barcha xalqlarning umummaqsad yo'lida birligini namoyon qildi. Xalqimiz siyosiy sharoitlarni to'g'ri baholay olish qobiliyatiga ega ekanligi, tinch-totuv yashash uning orzusi ekanligi, siyosiy-huquqiy bilimlari, qarashlari hech bir xalqnikidan kam emasligi muhokama natijasida yanada yaqqol ko'rindi. Loyiha har tomonlama o'ylab, takomillashtirilgandan so'ng, Konstitutsiyaviy komissiya 1992-yil 7-dekabrda bo'lib o'tgan majlisida uni ko'rib chiqishni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1 Prezidentning umumxalq muhokamasi natijalari ustida ishlash faoliyati va loyihani takomillashtirish ishlari bo'yicha faoliyati haqida batafsil sessiyasiga kiritish haqidagi qaror qabul qildi. Komissiyaning ushbu oxirgi majlisida ham Rais taklifi bilan lovihaning ko'plab normalari takomillashtirildi. 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning XII chaqiriq XI sessiyasi bo lib о tdi. Bu sessiya tarixiy sessiya bo'lib, tarixiy ahamiyatga ega masalani muhokama qildi. Sessiyada Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya raisi I. Karimov ma’ruza qildi. M a’ruzada Konstitutsiya loyihasi batafsil bayon qilib berildi. Shundan song. Konstitutsiya loyihasi deputatlar muhokamasidan o‘tdi. Sessiyada loyihaga 80 ga yaqin o'zgartirish, qo'shimcha, aniqliklar kiritildi. Ayrim takliflar asosli tarzda rad etildi. Loyihaning har bir moddasi, bobi, bo'limlari alohida-alohida muhokama qilinib, tegishli asosli takliflar inobatga olinib, o'zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, qabul qilinish uchun ovozga qo‘yildi. Deputatlar yakdillik bilan muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat Konstitutsiyani qabul qildilar. Asosiy qonunimiz xalqimiz irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Chunki, uni ishlab chiqishda va muhokama qilishda butun xalq ishtirok etdi. “Bir so‘z bilan aytganda, Konstitutsiyamiz xalqimiz tafakkuri va irodasining mahsulidir”1, degan so'zlar bilan Konstitutsiyamizga ham, uni vujudga keltirgan xalqimiz ongiga ham aniq ta’rif berilgan. Konstitutsiyamiz davlatchiligimiz tarixida qabul qilingan eng demokratik Konstitutsiya bo'ldi. Unda birinchi marta shaxs va davlat o'rtasidagi munosabatlarda birinchi marta shaxs ustuvorligi, shaxs, uning huquqi, qadr-qimmati, sha’ni oliy qadriyat sifatida belgilandi, shaxsning yashash huquqi asosiy huquq sifatida mustahkamlab qo'yildi. Davlat mas’uliyatlari aniq ko'rsatib qoyildi. Iqtisodiyot bozor munosabatlari tamoyillari asosida mustahkamlanishi belgilandi. Konstitutsiya asosida ko'ppartiyaviylik, fikrlar xilma-xilligi belgilandi. Hokimiyatni tashkil etishda hokimiyatlar bo'linishi prinsipi mustahkamlandi. Fuqarolik jamiyati asosi sifatida o'zini o'zi boshqarish organlari mavqei konstitutsiyaviy darajada. Belgilandi