O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI 0
Konstitutsiyada jahon konstitutsiyaviy tajribalar'u va milliy qadriyatlarning aks etishi Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasi xalqaro ahamiyatga ega. Konstitutsiyalar qaysi mamlakatda qabul qilinmasin, jahon tajribasidan fovdalaniladi. Chunki, ular uzoq vaqtda qo'lga kiritilgan va hayot tajribasidan o'tgan, xalqlar qaysi rnillatlarga, dinga mansub bo'lmasin, ko'pchilik manfaatiga mos tushuvchi tamoyillar, tartiblar, qoidalarga tayanadi. Jahon konstitutsiyaviy tajribalaridan foydalanish deganda, demo^ kratik mamlakatlarda amal qilayotgan, taraqqiyotiga ijobiy ta’sir qilayotgan qoidalarni qo'llash tushuniladi. Konstitutsivamizda jahon tajribasidan foydalanganimiz quyidagilarda ko'rinadi. Birinchi. Inson va davlat munosabatlarini belgilashda. 0 ‘zbekistonda qabul qilingan barcha Konstitutsiyalarda (1927, 1937, 1978-yillar) davlat manfaatlari ustunligi belgilangan edi. Jahondagi demokratik mamlakatlar tajribasida va inson huquqlari to‘g ‘risidagi xalqaro hujjatlarda inson manfaati yuqori turishi, buni amalga oshirish uchun davlatning aniq majburiyatlari belgilangan edi. Shu g'oya Konstitutsiyada o‘z ifodasini topdi. U huquqiy jihatdan “Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida m as’uldirlar” (2-modda), “0 ‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoci, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” (13-modda), “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi” (43-modda), degan qator moddalarda mustahkamlangan. Ikkinchi. Insonning asosiy huquq va erkinliklarini belgilash jahon tajribasidan kelib chiqib amalga oshirildi. Insonning asosiy huquqlari, nvvalo, shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar guruhlariga -o‘lib mustahkamlandi. Shaxsiy huquqlar qatoriga tabiiy huquqb" kiritilib, ularni ta’minlashni davlat o‘z zimmasiga oldi. Konstitutsiya shaxsning asosiy huquqlarini belgilabgina qolmay, ularni ro;yobga chiqarish, himoya qilish, ta’minlash mas’uliyatini 58 www.ziyouz.com kutubxonasi ham mustahkamlab qo'ydi. Bunga “Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish luiquqiga ega” (35-modda), “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g'ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi” (44-modda), degan Konstitutsiya normalarini misol qilish mumkin. Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy huquqlar doirasi kengaytirildi, yashash huquqi (24-modda), jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi, ayblanuvchiga himoyalanish huquqi kafolatlanishi, hech kim qiynoqqa solinmasligi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi, hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazish mumkin emasligi (26-modda), axborot olish, izlash, tarqatish (29-modda), mulkdor bo'lish (36-modda), tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi (53-modda) va boshqa huquqlar asosiy huquq sifatida belgilandi. Bozor munosabatlaridan kelib chiqib fuqarolarning belgilangan soliq va yig'imlarni to*lash burchi (51-modda) kiritilib, shaxsni kamsituvchi ilgari asosiy burch hisoblangan burchlar chiqarib tashlandi va majburiy mehnat taqiqlanishi mustahkamlab qo‘yildi (37-modda). Uchinchi. Davlat hokimiyatini tashkil qilishda, jahon tajribasiga murojaat qilindi. Shu tufayli barcha demokratik mamlakatlarda hokimiyatni tashkil qilishda qo'llanilib kelayotgan prinsip davlat hokimiyati tizimi, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatining bo linishi prinsipi Konstitutsiyada mustahkamlandi (11-modda). Shunga asosan, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari aniq tarzda belgilandi. ar njng mustaqilligini ta’minlovchi, bir-birini tiyib turishini mustahkamlovchi normalar kiritildi. , ... , To'rtinchi. Iqtisodni bozor munosabatlari asosida tasi 1 qi is masalasida ham jahon konstitutsiyaviy tajribasiga murojaat qilish 59 www.ziyouz.com kutubxonasi zaruriyatini tug'dirdi. Shu asosda Konstitutsiyamizda unga taalluqli masalalar mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 53-moddasida bu quvidagicha bayon qilingan: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan 0 ‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina mulkdan m ahrum etilishi mumkin”. Xususiy mulk daxlsizligining o'rnatilishi, uning davlat himoyasida bo'lishi fuqarolarning moddiy turmushi farovon bo‘lishiga olib keladi. Beshinchi. Konstitutsiya Asosiy qonun ekan, unga amal qilish va muhofaza qilishda ham alohida vositalar va tartib bo'lishi shart. Konstitutsiya o'zini muhofaza qilishni ham jahon tajribasidan kelib chiqib hal qilgan. Uning 93-moddasida: “0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti: ...0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir”, deb belgilangan. 92-moddada Prezident Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilishga qasamyod qilishi belgilangan. Konstitutsiyada sud hokimiyati mustaqilligi mustahkamlandi. Shu tizimga kiruvchi Konstitutsiyaviy sudga, Konstitutsiyani himoya qilish vazifasi yuklandi. Konstitutsiyaning 108-moddasida ‘' 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko'radi”, — deb belgilangan bo'lsa, 109-moddasida ushbu vazifa va vakolatlar yanada kengroq va aniqroq mustahkamlab qo‘yilgan. Oltinchi. Konstitutsiyamiz sotsialistik tuzumda vujudga kelgan, uning ta’siri hisoblangan yakka partiya (kommunistik partiya) hukmronligiga barham berib, jahon demokratik davlatchiligi tarixida qollanilib kelinayotgan ijtimoiy hayot, siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishini, bironbir mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasliigini mustahkamladi va ko'ppartiyaviylikka asos soldi (12-modda). Turli fikrlilik Konstitutsiyaning 34-moddasi normalari bilan yanada kengaytirildi. Unga asosan “siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emasligi mustahkamlab qo‘yildi. Shuning uchun ham“0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi eng demokratik, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan me’yor va talablarga javob beradi”