O`zbekiston respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati va o`zgarishlari



Yüklə 33,13 Kb.
səhifə5/6
tarix26.11.2022
ölçüsü33,13 Kb.
#70664
1   2   3   4   5   6
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING QABUL QILINISHI 0

Konstitutsiyaning tuzilishi
Konstitutsiya — davlatning asosiy qonuni. Shuning uchun u o'ziga xos tuzilishga ega. Konstitutsiya tuzilishi Konstitutsiyada o‘z o'rnini topadigan norm alarning maqsad va vazifalariga qarab turkum lash va ularning ahamiyatiga qarab ketma-ketlikda joylashuvidir. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. M uqaddima - Konstitutsiyaning kirish qismi bo‘lib, unda bosib o'tilgan yo‘l va m am lakatning asosiy vazifalari, ya’ni nima uchun Konstitutsiya qabul qilinganligi bayon qilinadi. Undagi qoida va g'oyalar keyinchalik Konstitutsiya normalarida u yoki bu shaklda, ko'rinishda o‘z o‘rnini topadi. Konstitutsiyaning birinchi bo'limi “Asosiy prinsiplar” deb atalib, u “Davlat suvereniteti”, “Xalq hokimiyatchiligi”, “Konstitutsiya va qonunning ustunligi”, “Tashqi siyosat” boblariga ajratilgan. Umuman, Konstitutsiya normalarini asos deb e’tirof etsak, birinchi bo‘lim asoslarning asosidir. Har qanday mamlakatni mustaqil davlat deyish uchun u aniq davlat shakliga, davlat suverenitetiga, uni xarakterlovchi belgi, xususiyatga ega bo'lishi kerak. Ayni shu masala birinchi bobda belgilangan. Davlatning yashashi, faoliyat ko‘rsatishi uchun eng muhim masalalardan biri hokimiyat masalasidir. Davlat hokimiyati bu yerda markaziy o‘rinni egallaydi. Xalq esa, davlat hokimiyatining yagona manbai bo'lib maydonga chiqadi. Hokimiyat Konstitutsiyaning eng asosiy masalasidir, desak fikrimiz uncha to'liq bo'lmaydi. Konstitutsiyada hokimiyat va erkinlik masalasi asosiy o'rinni egallaydi, desak fikrimiz to'liq bo'ladi. Chunki, jamiyatning asosiy elementi shaxslardir. Uiarning mavqei Konstitutsiyaning shu bobida belgilanadi. Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi ta’minlanmay turib, Konstitutsiyaviy tuzum, huquq-tartibotni ta’minlash, fuqarolar manfaatini himoya qilish mumkin emas, shuning uchun ham mazkur m unosabatlar Konstitutsiyaning III bobida mustahkamlangan. Biron-bir davlat alohida, tashqi dunyodan ajralgan holda faoliyat ko'rsata olmaydi. M amlakat rivoji, xavfsizligi, fuqarolar turmush sharoiti, tashqi aloqalarni to‘g ‘ri o‘rnatishga bog'liq. Shuning uchun Konstitutsiyamizning IV bobi normalarida ishonchli sinovlardan o'tgan tashqi siyosat prinsiplari mustahkamlangan. Konstitutsiyamizning birinchi bo'limida mustahkamlangan normalar bevosita Konstitutsiyaviy tuzumga taalluqli bo'lib, ular Konstitutsiyaviy tuzum asoslarini o‘rnatgan va Konstitutsiyaning keyingi bo'lim, boblaridagi normalarning belgilanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, 13-moddaning ta’sirini “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” bo'limidagi normalarda, Konstitutsiyaning 11-moddasi ta’sirini “Davlat hokimiyatining tashkil etilishi” bo'limida ko'rish mumkin. Shuning uchun ham Konstitutsiyaning birinchi bo‘lim normalari asos normalar yoki asosiy prinsiplar mustahkamlangan normalar deyiladi. Konstitutsiyaning ikkinchi bo'limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanib, ular shaxsning huquqiy holatiga taalluqli bo'lganligi uchun “Asosiy prinsiplar’ bo'limidan keyin berilgan. Ikkinchi bo'limning umumiy qoidalari bobida fuqarolarning qonun oldida tengligi, davlat va fuqaroningbirbiriga nisbatan bo'lgan huquqlari va burchlari bilan o'zaro bog'liqligi, huquq va erkinliklar daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etish yoki cheklashga hech kimning haqqi yo'qligi; “Fuqarolik bobida fuqarolikka ega bo'lish asoslari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va chet el fuqarolarining huquqlari belgilangan. Konstitutsiyaning alohida-alohida boblarida fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari va erkinliklari hamda huquq va erkinliklarining kafolatlari va fuqarolarning burchlari belgilangan.
Konstitutsiyaning uchinchi bo'limi “Jam iyat va shaxs” deb nom langan. U ning boblarida jam iyatning iqtisodiy negizlari, ya’ni 0‘zbekistonda bozor m unosabatlari o'rnatilishi, iqtisodiyotning negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, xususiy mulk daxlsiz ekanligi, u davlat himoyasida bo‘lishi, iste’molchi huquqi ustuvorligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat faoliyati erkinligi, umummilliy boyliklar doirasi va ulardan foydalanish, ularni muhofaza qilish belgilangan. “Jam oat birlashm alari” bobida jamoat birlashmalari tizimi (turlari), qanday jamoat birlashmalari tuzish mumkin ekanligi, davlat va jamoat birlashmalari o'zaro munosabatlarining huquqiy asoslari, siyosiy partiya va kasaba uyushmalarining asosiy vazifalari, jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish yoki faoliyatini cheklash tartibi, dinga munosabat tartibga solingan. To'rtinchi bo‘lim “Ma ’muriy-hududiy va davlat tuzilishi” deb nom langan, unda m am lakatim iz m a’muriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpog'iston Respublikasining huquqiy holati alohida-alohida boblarda belgilangan. Konstitutsiyaning eng yirik beshinchi bo'limi “Davlat hokimiyatini tashkil etish” deb nom langan va u XVIII-XXVI boblarni o‘z ichiga olgan. “0 ‘zbekiston R espublikasining Oliy M ajlisi” (XVIII bob), “0 ‘zbekiston R espublikasining P rezid e n ti” (XIX bob) boblarida ularni saylash tartibi, vakolatlari, o‘zaro m unosabatlari asoslari belgilangan. “V azirlar M a h k a m a s i” (XX) bobida, “Mahalliy davlat hokim iyati a so sla ri” (XXI) bobida, “0 ‘zbekiston Respublikasining sud hokim iyati” (XXII) bobida tegishli organlarni tashkil etish tartibi, prinsiplari, vazifalari, sud hokimiyati, mahalliy hokim iyat tizimi m u stah k am lan ib qo‘yilgan. XXIII bob 0‘zb ek isto n n in g saylov tizimi, fuqarolarning saylov huquqi prinsiplarini o'rnatgan bo‘lsa, XXIV bob P rokuratura organlarining Konstitutsiyaviy maqomini belgilaydi. Konstitutsiyaning X X V bobi moliya va kredit m asalalarini, XXVI bobi mudofaa va xavfsizlik masalalarini belgilagan. KonF'itutsiyaning oxirgi oltinchi bo'limi (u boblarga bo'linm agan, faqat ikki moddadan iborat) “Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartib i”ga bag‘ishlanadi.

Yüklə 33,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin