–
maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi va pedagog xodimlarining soni va tarkibi
bo‘yicha hisobotlarni yig‘ish, umumlashtirish va vazirlik hamda statistika tashkilotlariga taqdim
etish;
–
pedagogika kollejlari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
–
pedagogika kollejlarini faoliyatiga oid huquqiy va o‘quv-me’yoriy hujjatlarini ishlab
chiqishni tashkil etish va boshqarish;
–
innovatsion yondashuv asosida pedagogika kollejlari va
maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida pedagogik kadrlar sifatini oshirishga qaratilgan barcha faoliyatlarni amalga
oshirish;
–
pedagogika kollejlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayonini
tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan
ta’minlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
–
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hamda samarali
metodlarini joriy etish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagogik kadrlari faoliyatini baholash jarayonini
amalga oshirish va monitoringini yuritish;
–
pedagogika kollejlari o‘quvchilarini amaliy mashg‘ulotlarga olib chiqishda
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini har xil yo‘nalishlardagi to‘garaklarda
shug‘ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqish;
–
pedagog xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil qilish va ularning o‘z
vaqtida attestatsiyadan o‘tishlarini nazorat qilish;
–
pedagog
xodimlar
malakasini
oshirish
ishlarida
ijobiy,
konstruktiv
va rag‘batlantiruvchi muhit yaratish, ularning tashabbuskorligi va faolligini oshirish, pedagoglar
malakasini oshirish jadvali va maktabgacha ta’lim tashkiloti ehtiyojlariga mos ravishda
pedagoglarning kasbiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish hamda malaka oshirish ishlarini
tashkillashtirish, pedagog xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: