–
vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, idoraviy mansub tashkilotlari va
hududiy boshqarmalarning qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni
buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
–
vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, idoraviy mansub tashkilotlari va
hududiy boshqarmalarda yoki vazirlik yohud huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan
o‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari bo‘yicha
hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy
xulosalar berish;
–
vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, idoraviy mansub tashkilotlari va
hududiy boshqarmalarda qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yuridik boshqarma boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga
va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
–
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
talablariga muvofiq tizimda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini
ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga
ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish
bo‘yicha rahbariyatga chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib kiritish.
Dostları ilə paylaş: