2. Bilishi lozim:
–
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy
Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari,
Hukumat qaror va farmoyishlarini, kodekslar, vazirlikning qarorlari, buyruqlari hamda boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarni;
–
yuridik hujjatlarni tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish malakasini;
–
ishchanlik va muloqot etikasini;
–
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va h.k.);
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:
–
oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti
huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik
mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi
diplomni olgan bo‘lishi;
–
xorijiy tillardan birini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan to‘liq
foydalanishni bilishi;
–
yuridik xizmat xodimi lavozimiga tayinlash va ozod qilish masalalarini O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilishi;
–
qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marta malakasini oshirishi
hamda har uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tishi lozim.
106-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi Ishlar boshqaruvchisi lavozimining malaka
tavsiflari
Tartib raqami
627
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1120
1. Lavozim vazifalari
–
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmon, qaror va farmoyishlari, Hukumatning qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida
qabul qilingan vazirlikning hay’at qarorlari, buyruqlari, dasturlari va boshqa hujjatlarda vazirlik
rahbariyati tomonidan xizmatga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini
ta’minlash;
–
vazirlik markaziy apparati hisobida turadigan hamda tizimdagi korxona va
tashkilotlarning avtoulov vositalarini yillik texnik ko‘rikdan o‘tishini shuningdek davlat
tomonidan ajratiladigan yoqilg‘i-moy limitini nazorat qilish va hisobotini olib borish;
–
binolar, tashkiliy texnika, avtotransport vositalarini uzluksiz va bir maromda ishlash
choralarini ko‘rish;
–
vazirlikka tashrif buyuruvchi xorijlik mehmonlar hamda delegatsiyalarning qabulini
texnik jihatdan ta’minlash;
–
tovar-moddiy boyliklarini hisobga olish, qayta hisobdan o‘tkazish va hisobdan
chiqarish ishlarini amalga oshirish hamda xodimlarning o‘ziga biriktirilgan tovar-moddiy
boyliklarni to‘laqonli asosida saqlash yuzasidan moddiy javobgarlik shartnomalarini tuzish;
–
vazirlikning faoliyati uchun zarur texnika (asbob-uskuna)lar va jihozlar bilan
ta’minlash;
–
xorij mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirga borish va kelish uchun avia va
temir yo‘l chiptalari bilan ta’minlashni tashkillashtirish;
–
vazirlik hay’ati majlislariga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan
masalalarni kiritadi va tegishli hujjatlar (qaror loyihasi, ma’lumotlar)ni tayyorlash;
–
vazirlik, vazirlik tizimi va hududiy bo‘linmalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik,
binolarning holati hamda xo‘jalik ishlarining yuritilishi va vakolatiga taalluqli hisobotlarini
qabul qilish va ularni umumlashtirish, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha boshqa masalalarni olib borilishini
nazorat qilish hamda ijrosini ta’minlash;
–
boshqarmaning faoliyatiga oid ariza, shikoyat va murojaatlarini ko‘rib chiqish;
–
vazirlik va tizimdagi tashkilotlarning texnik xodimlarining faoliyatini nazorat qilish,
ushbu xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish hamda haydovchilarni belgilangan
tartib asosida malakasini oshirish;
–
vazirlik tizimidagi tashkilotlarga o‘z faoliyati yuzasidan amaliy va uslubiy yordam
ko‘rsatish;
–
vazirlik markaziy apparati hamda tizimidagi tashkilotlar xodimlarining moddiy va
ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflar berishda qatnashish;
–
vazirlik tomonidan tashkil etiladigan respublika va xalqaro tadbirlar, xususan
konferensiya va seminarlarni o‘tkazishda xo‘jalik va tashkiliy ishlarni bevosita amalga oshirish;
–
vazirlikka tashrif buyuradigan xorijlik mehmonlar, delegatsiyalar va vakillarni kutib
olish va rahbariyat bilan qabul marosimini tashkillashtirish;
–
vazirlik ehtiyojlari uchun xo‘jalik shartnomalari va mehnat bitimlarini tuzish;
–
vazirlikda kompyuterlarning lokal tarmog‘i, internet tizimi, telefon aloqasi, kabel
teletarmog‘i va boshqa zaruriy maishiy hamda texnik sharoitlarni bir maromda uzluksiz
ishlashini ta’minlash;
–
vazirlikning ish jarayonidagi talab va ehtiyojlari uchun kanselyariya vositalari,
kompyuterlar, nusxa ko‘paytirish mashinalari va boshqa texnik asbob uskunalar uchun kerakli
ashyolar va ularning doimiy ishlashi uchun zarur bo‘lgan butlov qismlari bilan ta’minlash;
Xodimlar toifasi
Boshqaruv
–
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
–
boshqarma xodimlarni mehnat intizomi, ichki mehnat tartibi, odob-axloq qoidalariga
rioya etishlari ustidan nazorat olib borish;
–
boshqarma xodimlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
–
jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
Dostları ilə paylaş: |