O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu malaka tavsiflari maktabgacha ta’lim xodimlari lavozimlari va ishchilar
kasblari nomlaridan foydalanishda, mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, lavozimlarni
xodimlarning toifalariga kiritishda, shuningdek, xodimlarni ishga qabul qilishda ularning
ma’lumoti darajasiga qo‘yiladigan eng minimal talablar yuzasidan qo‘llanilishi majburiydir.
2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti
xodimlarining malaka tavsiflari
1-§. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori
lavozimining malaka tavsiflari
1.Lavozim vazifalari:
Maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston
Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qarori va farmoyishlari, Vazirlar
Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi huquqiy-me’yoriy
hujjatlar, Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb yuritiladi) hamda uning
hududiy boshqaruv organlari, bo‘ysunuviga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar, tuman (shahar) hokimlari (keyingi o‘rinlarda
mahalliy davlat hokimiyati organlari” deb yuritiladi)ning qarorlari va boshqa hujjatlarda
maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb yuritiladi)ga berilgan tegishli
topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlash;

tashkilotning Nizom (Ustav)ga muvofiq faoliyatini tashkil etish;

tashkilot joylashgan hududda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish,
tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv-metodik faoliyatini samarali
tashkil etish;
Tartib raqami
429
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
1120
Xodimlar toifasi
Boshqaruv



tashkilotni yuqori kompetentlik, mahoratli va malakali mutaxassis kadrlar bilan
ta’minlash;

bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi
zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning
maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish;

maktabgacha ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarni amaliyotga to‘laqonli tatbiq etish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining Kengashi, ishlab chiqarish
yig‘ilishlarida, mahalliy davlat hokimiyat organlari yig‘ilishlarida ishtirok etish hamda ularga
tashkilot faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash va tizimni rivojlantirish
yuzasidan takliflar kiritish;

tashkilot faoliyatini rejalashtirish, yillik va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;

tashkilotning ish rejalari, o‘quv-mavzu rejalari, yillik taqvim o‘quv dasturlarini
tasdiqlash;
- tashkilot pedagog va mutaxassislarining ish rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash,
ularni to‘laqonli va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib borish;
- tashkilotni rivojlantirish yuzasidan istiqbol yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha buyruqlar
qabul qilish, ularni tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining ish rejasi bilan
muvofiqlashtirish;

vakolati doirasida xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomasini bekor qilish
va mehnat munosabatlari yuzasidan tegishli buyruqlarni chiqarish;

hududda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida mahalla
fuqarolar yig‘inlari, huquqni muhofaza qiluvchi va jamoat tashkilotlari hamda hududlarni
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘rnatilgan tartibda o‘zaro
hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish;

maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa
6 yoshli bolalarni to‘liq qamrab olish orqali boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini
ko‘rish;

ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish;

tashkilotning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi
axborotlarni o‘z vaqtida muntazam ravishda axborot tizimi (EMIS)ga kiritib borish;

tashkilotga bolalarni qabul qilish, qabul qilingan bolalar yoshi va kontingentidan kelib
chiqib, har yilning avgust oyida buyruq asosida yosh guruhlarni shakllantirish;

tashkilotda dam olish kunlari va ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash,
unga qarab turish, uni o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish ishlarini tashkil
etish;

ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish
sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratish;

tashkilot pedagogik kengashi va umumiy ishlab chiqarish yig‘ilishlariga raislik qilish;

tashkilot “Kuzatuv kengashi”ning dastlabki yig‘ilishini tashkil etish;

“Kuzatuv kengashi”ga tashkilot faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-ho‘jalik holati,
daromadlar va xarajatlar, byudjet va byudjetdan tashqari hamda homiylik mablag‘laridan
foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berib borish;

tashkilotni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ hisobini qilish va yillik xarajatlar
smetasini tuzilishida tuman (shahar) bo‘limiga taklif kiritish;

tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan
vazifalarning to‘laqonli bajarilishida pedagog va xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini
oshirish;

tashkilotda ochiq mashg‘ulotlar, seminarlar, ko‘rik-tanlov, musobaqalar o‘tkazishga
rahbarlik qilish;



tashkilotda huquqbuzarlik, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya, giyohvandlik va boshqa
zararli odatlardan saqlanish, uning oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha ota-onalar
va jamoatchilik o‘rtasida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;

tashkilot xodimlari o‘rtasidagi vazifalar taqsimotini belgilash, zaruriyatga qarab tegishli
o‘zgartirishlar kiritish, ish taqsimoti asosida xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;

tashkilot faoliyatiga tegishli barcha axborotlarni tahlil qilish, hisobotlar tayyorlash va
ijro intizomini doimiy nazorat qilish;

ish yuritish va hujjatlar aylanish tizimi asosida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim
bo‘limlari tomonidan berilgan hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijro etilishini, hujjatlar
aylanishi, tahlil va nazorat qilishning yagona tizimini amalga oshirilishini ta’minlash;

tashkilotda pedagog va mutaxassislarning o‘z xizmat vazifalarining sifatli bajarishlarida
tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, xodimlarga zarur ish sharoitlarini yaratish choralarini
ko‘rish hamda mehnat intizomini ta’minlash;

tashkilotda pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish, xodimlar attestatsiyasini hamda ular tomonidan mehnat intizomiga rioya qilinishini
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat
ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi 470-son va “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta
maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini
attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil
17-sentabrdagi 572-son qarorlari asosida nazorat qilish;

tashkilot xodimlari orasidagi eng faollarini rag‘batlantirish, lozim vazifalarini
bajarmaganligi uchun ularga nisbatan o‘z vakolatli doirasida intizomiy jazo choralarini qo‘llash
masalalarini ko‘rib chiqish, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish;

tashkilotdagi ilg‘or tajribali pedagog kadrlar nomzodini Davlat va tarmoq mukofotlari
bilan taqdirlashida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga taklif kiritish;

tashkilot faoliyatining moliyaviy-xo‘jalik masalalarini hal qilish, budjet va budjetdan
tashqari mablag‘larning shakllanishi, undan samarali foydalanishini amalga oshirish, tashkilotni
rivojlantirish uchun byudjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘ topish va moddiy resurslar bilan
ta’minlash choralarini ko‘rish, tashkilotning investitsion jozibadorligini ta’minlash, shuningdek,
ta’limiy maqsadlarga erishish uchun moliyaviy, moddiy resurslarning samarali taqsimotini
va xodimlarning safarbarligini ta’minlash hamda qabul qilingan qarorlarning oqibatlari,
moliyaviy-xo‘jalik natijalariga shaxsan javob berish;

tashkilotning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan o‘quv-didaktik,
ko‘rgazmali materiallar, sport jihozlari, o‘yin, o‘yinchoqlar va musiqa asboblari bilan
jihozlashga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limiga takliflar
kiritish;

tashkilotda sog‘lom va xavfsiz ratsional ovqatlantirish ishlarini tashkil etish hamda
sanitariya qoidalariga mos ravishda ovqatlantirishni tashkil etish;
–O‘zbekiston Respublikasi Bosh
Davlat sanitariya vrachining
“O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli
ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosidatashkilotda sog‘lom va xavfsiz ratsional ovqatlantirish
ishlarini tashkil etish hamda sanitariya qoidalariga mos ravishda ovqatlantirishni tashkil etish;

tashkilot brakeraj komissiyasi faoliyatini nazorat qilish;

tashkilot faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni qabul
qilish, tashkilotga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar hamda murojaatlarni belgilangan
tartibda ko‘rib chiqish va ijrosini to‘liq ta’minlash;

tashkilotda sifatli tibbiy xizmatni tashkil etish va hududiy sog‘liqni saqlash muassasalari
bilan hamkorlikda ishlash;



tashkilot xodimlari va tarbiyalanuvchilarining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini nazorat
qilish;

maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,
tashkilot faoliyatini rivojlantirish yuzasidan ota-onalar fikrini o‘rganish;

tashkilotda kasbiy odob-ahloq qoidalari, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda jamoa
shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in
xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash, sog‘lom raqobatli muhitni yaratish;

yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz) saytida pedagog va mutaxassis
xodimlarning ma’lumotlar bazasini yangilab borish;

har oy yakuni bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (mehnat.uz)
saytiga joylab borish;

pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, malaka va kompetensiyalarga ega
xodimlarni tanlash, kadrlar zaxirasini shakllantirish, pedagog xodimlar attestatsiyasini tashkil
qilish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilinishini ta’minlash;

korxona va tashkilotlar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzishda tashkilot nomidan faoliyat
yuritish, uning manfaatlarini himoya qilish, ishonchnomalar berish, Kuzatuv va pedagogik
kengash hamda boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda tashkilotni rivojlantirish
bo‘yicha strategik rejalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, tashkilotning vazifa va
maqsadlarini shakllantirish ishlarini tashkil etish;

tashkilotda sog‘lom ma’naviy-ruhiy, xavfsiz va rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish,
tashkilot Kuzatuv kengashi faoliyatida obyektiv, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash uchun
sharoit yaratib borish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin