3. Malaka talablari:
–
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
–
shuningdek oliy ma’lumotli nomutaxassislar maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi kasbiy
qayta tayyorlov kursini o‘tagan bo‘lishi lozim;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
ish staji talab qilinmaydi.
6-§. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari
bo‘lgan bolalar uchun guruhlar o‘qituvchi-defektologi (o‘qituvchi -logoped, tiflopedagog,
surdopedagog, oligofrenopedagog) lavozimining malaka tavsiflari
1.Lavozim vazifalari:
–
tashkilotda
ta’lim-tarbiya
jarayoniga
“O‘zbekiston
Respublikasining
ilk
va
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari” hamda davlat o‘quv
dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni to‘laqonli bajarish;
Tartib raqami
3794
Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha kodi
2352
Xodimlar toifasi
Mutaxassis
–tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son va “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat
standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarorlari talablari asosida
davlat o‘quv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib
chiqib, psixologik xizmatni tashkil etish;
–
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga quyidagi tamoyillar
asosida taʼlim berish va tarbiyalash:
–
taʼlimning korreksion yo‘naltirilganligi;
–
ijtimoiy moslashuvi;
–
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda taʼlimning maxsus metodologiyasidan va
toifalangan yondashuvdan foydalanish.
–
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan
korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarni o‘tkazish.
–
defektolog bilan mashg‘ulotlarning zaruratini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilar
rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilingan
vaqtdan boshlab 2 hafta ichida o‘tkazish.
–
ixtisoslashtirilgan va qo‘shma maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog faoliyatining
vazifalari quyidagilardan iborat:
–
bola qabul qilinganda uning o‘ziga xos va yosh xususiyatlarini, sog‘lig‘i holati
va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini
o‘tkazish yuzasidan individual yo‘nalishni ishlab chiqish;
–
individual yo‘nalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini
aniqlash va zarurat bo‘lsa, unga o‘zgartishlar kiritish;
–
korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning o‘ziga o‘zi xizmat
ko‘rsatish ko‘nikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, ta’lim-tarbiya dasturlarini
o‘zlashtirishi monitoringini olib borish va baholash;
–
nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartibdagi korreksion-pedagogik ish
rejasini tuzish uchun kompleks psixologik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish;
–
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarni, shuningdek xotira, tafakkur, diqqat-
eʼtiborni imkon qadar korreksiya qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
–
tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga muvofiq korreksion-pedagogik
usullarni tanlash;
–
bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida va qo‘shma turdagi
maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘lgan muddat davomida uni Tibbiy psixologik-pedagogik
komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani ko‘rib chiqish;
–
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga taʼlim-
tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya
qilish uchun qulay shart-sharoitlar, yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va
ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish;
–
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga
muvofiq, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya va korreksion faoliyatni tashkil
etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik yordam
ko‘rsatilishini taʼminlash;
–
maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagoglari, boshqa mutaxassislari bilan yaqin
hamkorlikda ish olib borish, mashg‘ulotlarni borib ko‘rish, pedagog xodimlari va bolaning
qonuniy vakillarga nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus
usullar va uslublarini qo‘llash yuzasidan maslahat berish;
–
tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida ko‘rsatilgan bolaning bo‘lish
muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining
ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida va qo‘shma turdagi maktabgacha taʼlim
tashkilotida bo‘lish muddati tugaganidan xabardor qilish hamda ushbu tashkilotlarda bo‘lishini
davom ettirish yuzasidan uni tibbiy psixologik-pedagogik komissiyaga tekshiruvga yuborish;
|