–
bolalarning sog‘lom turmush tarzi asoslarini shakllantirishga hissa qo‘shish;
–
tarbiyalanuvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosadigan shaxslar) orasida turli
sport tadbirlari va musobaqalarni o‘tkazish;
–
tarbiyalanuvchilarning yoshi, tayyorgarligi, shaxsiy va psixofizik xususiyatlari,
manfaatlariga asoslangan holda mashg‘ulotlarning mazmunini belgilash;
–
tarbiyalanuvchilarning jismoniy mashqlarni bajarishda, tana a’zolarining harakatlarini
to‘g‘ri rivojlantirish;
–
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘i
xavfsizligini ta’minlash;
–
mavjud sport maydonchalari, zallari va jihozlari holati, sanitariya me’yorlariga
mosligini, ishlatilishini va saqlanishini ta’minlash;
–
tibbiy xodimlar bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning sog‘lig‘ini saqlash holatini
nazorat qilish;
–
bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib,
psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan
erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim
jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha
yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;
–
bolalarni har tomonlama yetuk shaxs qilib shakllantirishda ota-onalar uchun metodik va
maslahatlar berib borish;
–
pedagogik va metodik kengashlarda, umumiy ishlab chiqarish yig‘ilishlarida faol
ishtirok etish;
–
odob-axloq, va jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: