O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;

maktabgacha ta’lim sohasida amaldagi jismoniy tarbiyaga oid normativ-huquqiy,
metodik va boshqa hujjatlarni;

maktabgacha yoshdagi bolalar pedagogika va psixologiyasi, fiziologiyasi asoslari
hamda bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariya va amaliyoti asoslarini;

odob-axloq, va jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish
yo‘riqnomasini.
3. Malaka talablari:

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida o‘rta maxsus ma’lumot;

amaliy ish staji talab qilinmaydi.
13-§.Maktabgacha ta’lim tashkiloti suzishni o‘rgatish bo‘yicha yo‘riqchisi
lavozimining malaka tavsiflari
Tartib raqami
5187
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
3421
Xodimlar toifasi
Mutaxassis


1. Lavozim vazifalari:

tarbiyalanuvchilarga sog‘lom turmush tarzi asoslariga, gigiyena ko‘nikmalariga, suvga
ijobiy munosabatini shakllantirish;

maktabgacha yoshdagi bolalarga suvda o‘zini erkin tutishni va suzishni o‘rgatish;

kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilarga yoshini hisobga olgan holda, kiyim kechak
o‘zgartirishga va dush qabul qilishga yordam berish;

bolalarni amaliyotda suzishga o‘rgatadigan yangi texnologiyalar va ixtiyoriy dasturlarni
joriy etish;

rejaga muvofiq bolalarning diagnostik tekshiruvini yiliga 2 marotaba o‘tkazishni
ta’minlash;

har bir guruh uchun suzishga o‘rgatish mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, guruhlar yosh
tarkibini hisobga olib, tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;

reja asosida tarbiyalanuvchilarning suv havzasida harakat faolligini nazorat qilish,
suzish bo‘yicha sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini olib borish;

maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida suzish bo‘yicha malaka
ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmayotgan bolalar bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazish;

tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi va jismoniy holatini nazorat qilish, tarbiyachilar va ota-
onalarga bolalar sog‘ligini mustahkamlash, jumladan suzish bo‘yicha va boshqa sport
seksiyalari, to‘garaklarga jalb qilish bo‘yicha maslahatlar berish, ularga metodik va amaliy
yordam ko‘rsatish;

tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi yomonlashgani va jismoniy zaifligining jismoniy
tiklanishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish;

mashg‘ulotlar paytida tarbiyalanuvchilar sog‘ligi va xavfsizligiga javobgar shaxs
hisoblanib, o‘zining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlashning metodik usullarini
takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya
bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;

mavjud sport inshootlari va jihozlarning holatini, ishlashini kuzatish;

tashkilotining pedagogik kengashi va metodik uyushmalar faoliyatida qatnashish,
zaruriy hujjatlarni tartibga solish talablariga muvofiq saqlash;

odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin