2. Bilishi lozim: –O‘zbekiston
Respublikasi
Bosh
Davlat
sanitariya
vrachining
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar” sanqvan № 0016-21-son qarori
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-
gigiyena talablarini;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha sanitariya-gigienik talablarni;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
3. Malaka talablari: –
amaliy ish staji talab qilinmaydi.
19-§. Maktabgacha ta’lim tashkiloti qorovuli lavozimining malaka tavsiflari 1. Lavozim vazifalari: –
maktabgacha ta’lim tashkilotida binoni qo‘riqlash ishini tashkil etadi;
– qorovul o‘zini ish kunida ma’muriyatdan bino va hovli joy eshikni qulfi, kalitlar,
yong‘indan saqlash asboblari, deraza eshiklari butunligi, telefon, signalizatsiya chiroqlarini
tekshirib oladi va qo‘l qo‘yadi. Agar yuqoridagi holatlarda kamchilik bo‘lsa tashkilot direktori
(ma’muriyat)ga darhol yetkazadi yoki militsiyaga xabar beradi;
– tashkilot hududida yong‘in chiqsa, darrov tegishli tashkilotga xabar beradi, birinchi
yordamni berib turadi;
– kecha-yu kunduz hovli va binoni aylanib yuradi, chiroqlarga e’tibor beradi. Begona
odamlarni tashkilot hududiga kiritmaydi;
– ertalab oshpaz(oshxona ishchi)larga eshikni ochadi, tashkilot hovlisidagi chiroqlarni
o‘chiradi, tashkilotni o‘zidan keyingi qorovulga topshirib ketadi.