–
bino va inshootlarining texnik holatiga va barcha moddiy boyliklarning saqlanishiga
shaxsan javob berish;
–
tashkilotga olib kelingan qattiq va yumshoq jihozlar va o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali
qurollar, texnik jihozlarni hamda ota-onalar, homiylar tomonidan berilgan jihozlarini o‘rnatilgan
tartibda kirim qilish;
–
tashkilotga qabul qilingan jihozlarni tarqatarish va chiqim qilissh;
maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib kelingan jihozlarni raqamlash va saqlanishini
ta’minlash;
–
tashkilotdagi mavjud ta’mirtalab bo‘lgan jihozlarni ta’mirlash ishlarini tashkil etish;
–
tashkilotni jihozlar bilan ta’minlash, joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq
masalalar bo‘yicha xarajatlar smetasi tuzilishida o‘z takliflarini kiritish;
–
tashkilotning kommunal to‘lovlari (tabiiy gaz, suv, elektr va issiqlik energiyasidan
foydalanganligi) bo‘yicha hisoblagichlarning kundalik ko‘rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda
byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanishni tashkil etish;
–
tashkilotda telefon tarmoqlaridan foydalanilganda aloqaning uzluksizligini ta’minlash
hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo‘linmalariga xabar berib, aloqani
tiklash choralarini ko‘rish;
–
tashkilotda atrof-muhitni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hashar ishlarida
hovli supuruvchi, binoni qo‘riqlashda qorovullar ishini to‘g‘ri tashkil etish;
–
tashkilotda xodimlar o‘rtasida hashar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish
ishlarini tashkil etish va ularda o‘zi ham faol ishtirok etish.
Dostları ilə paylaş: