–
musiqaviy faoliyatni tashkil qilishning turli shakl va ko‘rinishlaridan foydalanib, ularda
estetik didni shakllantirish, musiqa asbobida ijro texnikasini mahorat bilan bajarish;
–
tarbiyalanuvchilar bilan yakka va jamoaviy tartibda ishlash, qobiliyatli va iqtidorli
tarbiyalanuvchilarni tanlab olish, ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning musiqiy bilim darajasini
umumlashtirish, tahlil qilish va natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar belgilash;
–
tarbiyalanuvchilarning individual va yosh xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga
olib pedagogik faoliyat rejasini belgilash;
–
bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib,
psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan
erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim
jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha
yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;
–
tarbiyachilar bilan birga tarbiyalanuvchilarni raqsga tushish, ashula aytish, musiqiy
o‘yinlarni o‘rgatish;
–
ota-onalarga farzandlarining musiqiy tarbiyaga moyilligi, qobiliyati, iqtidorini
rivojlantirish yuzasidan maslahatlar berish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan bayram ertaliklari, turli ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
–
odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: