O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

Maktabgacha ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun mohiyatini
va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etishni;

tilning lug‘at tarkibi, grammatik qurilishi va fonetik tuzilishini;
Tartib raqami
3730 (3753)
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
2330 (2342)
Xodimlar toifasi
Mutaxassis



grammatik va fonetik talaffuz jihatlarini, leksik frazeologik birliklarni tanlashni;

bolaning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarini;

maktabgacha ta’lim pedagogikasi, psixologiyasi, fiziologiyani, gigiyenasini;

o‘quv rejasining mazmunini, maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘rgatish
metodikasini;

zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini hamda kompetentlik yondashuvini
joriy qilishni;

odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
3. Malaka talablari:

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;

ish staji talab qilinmaydi.
9-§. Maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish;

maktabgacha ta’lim tashkiloti rejasiga muvofiq musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazish
bo‘yicha seminarlar va ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazishni tashkil etish;
- maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari, bolalar va ularning ota-onalari bilan o‘zaro
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

maktabgacha ta’lim tashkiloti ma’muriyati tomonidan belgilagan o‘quv, uslubiy
va tashkiliy ishlarda ishtirok etish;

tarbiyalanuvchilarning musiqaga bo‘lgan qobiliyatlarini va ijodiy va musiqaviy
faoliyatini tashkil qilishning turli shakl va ko‘rinishlaridan foydalanib, ularda estetik didni
shakllantirish, musiqani tinglashga o‘rgatish;

tarbiyalanuvchilarning
musiqiy
qobiliyatlarini
yakka
va
jamoa
ko‘rinishda
rivojlantirishga ko‘maklashish;

maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning musiqiy bilim darajasini
umumlashtirish, tahlil qilish va natijasiga ko‘ra chora-tadbirlar, individual va yosh
xususiyatlarini, ijodiy qobiliyatlarini hisobga olib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar rejasini belgilash;

bolani rivojlanish xaritasini yuritishda tarbiyachi bilan hamkorlikda yuritib borib,
psixolog tomonidan kuzatuv natijasida belgilangan indikatorlar bo‘yicha bolalar tomonidan
erishilgan natijalar va salbiy tomonlarni aniqlash, olingan natijalarga mos ravishda ta’lim
jarayoniga tuzatishlar kiritish, individual ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha
yakuniy kuzatuvlarni o‘tkazilganligini nazorat qilib borish;

tarbiyachilar bilan birga tarbiyalanuvchilarni raqsga tushishga, ashula aytishga, musiqiy
o‘yinlarga o‘rgatish;
Tartib raqami
5377
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
3435
Xodimlar toifasi
Mutaxassis



ota-onalarga farzandlarining musiqiy tarbiyaga moyilligi, qobiliyati, iqtidorini
rivojlantirish yuzasidan maslahatlar berish;

maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etiladigan bayram ertaliklari, turli ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin