O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

25-§. Tuman(shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyatini hamda o‘qitishning muqobil shakllarini tashkil etish sho‘ba
metodisti lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik, mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlari, buyruqlari, bo‘lim mudiri va
sho‘ba mudiri tomonidan berilgan topshiriqlari ijrosining to‘liq bajarilishini ta’minlash;

sho‘ba faoliyatini rejalashtirishda ko‘maklashish, yillik va istiqbol ish rejalarining
ishlab chiqilishida takliflar berish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli bajarilishini
ta’minlash;

sho‘ba vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha bo‘limning buyruq, xat va hujjatlari
loyihalarini tayyorlash va sho‘ba mudiriga taqdim etib borish;

davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining tashkil etilishi
yuzasidan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga metodik va amaliy yordam ko‘rsatish;
Tartib raqami
3767
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
2351
Xodimlar toifasi
Mutaxassis



boshqa sho‘balar bilan faoliyat uzviyligini ta’minlash, sho‘ba faoliyatiga doir
ma’lumotlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni yig‘ish, tahlil
qilish, hisobotlar tayyorlash va rahbariyatga kiritish;

maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish, ayniqsa,
6 yoshli bolalarni to‘liq qamrab olish orqali boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash choralarini
ko‘rishni ta’minlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etish,
boshlang‘ich ta’limga tayyorlash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va chiqarilish hisobining olib
borilishini nazorat qilish;

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish;

ilg‘or tajribali pedagoglarga metodik tavsiya va qo‘llanmalarni yaratishda metodik
yordam ko‘rsatish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ta’lim-tarbiya berishda kompetensiyaviy
yondashuvni tashkil etish, ularni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy
rivojlantirish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha
ta’lim sohasiga oid normativ-hujjatlarga rioya etilishini ta’minlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavqeyini ko‘tarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan
hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga oid ta’lim-
tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim jarayoniga tatbiq etish
borasida seminar, ko‘rik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun shart-sharoitlar yaratilishi hamda
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha sho‘ba mudiriga takliflar kiritish;

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan uzviy aloqada bo‘lish, metodik yordam
ko‘rsatish hamda ular tomonidan maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standarti bajarilishini
nazorat qilish;

nodavlat
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlari
tomonidan
Maktabgacha
ta’limni
boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ga ma’lumotlarning o‘z vaqtida va to‘liq kiritilishini
nazorat qilish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ilg‘or tajribalarni
aniqlash, o‘rganish hamda ommalashtirish;

o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida sho‘baga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar
hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni
hal etish choralarini ko‘rish;

o‘rnatilgan tartibda sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena talablariga, mehnatni
muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni ta’minlash.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin