O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

maktabgacha ta’lim, xususan qurilish ishlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy
hujjatlarining mazmun va mohiyatini, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarining qurilish sanitariya
normalari hamda maktabgacha ta’lim vazirligining ichki sanitariya normalarini;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa
texnik vositalar bilan jihozlash me’yorlarini;

mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va h);

attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan
tashqari
ta’lim
tashkilotlari
pedagog
kadrlarini
attestatsiyadan
o‘tkazish
tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari
asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq etish yo‘llarini;

qurilish va jihozlar bilan ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam tashkil etish
va samaradorlikka erishish usullarini.
3. Malaka talablari:

kamida bakalavr darajasidagi oliy muhandislik ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

o‘z mutaxassisligi bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan:
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin