2. Bilishi lozim: –
maktabgacha ta’lim, xususan qurilish ishlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy
hujjatlarining mazmun va mohiyatini, ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarining qurilish sanitariya
normalari hamda maktabgacha ta’lim vazirligining ichki sanitariya normalarini;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa
texnik vositalar bilan jihozlash me’yorlarini;
–
mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va h);
–
attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan
tashqari
ta’lim
tashkilotlari
pedagog
kadrlarini
attestatsiyadan
o‘tkazish
tartibini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarorlari
asosidaattestatsiya o‘tkazish tartibi va mezonlarini;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
–
qurilish va jihozlar bilan ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha metodik yordam tashkil
etish va samaradorlikka erishish usullarini.
3. Malaka talablari: –
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy muhandislik ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bir yildan kam bo‘lmagan ish staji.
57-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi boshlig‘i-bosh hisobchisi