rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, ta’lim ob’yektlarida olib borilayotgan ishlarni
muvofiqlashtirib borish;
–
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
talablariga muvofiq vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish
choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini
takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir
etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
–
taalluqligi bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, jumladan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan
murojaatlarni ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini
muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
–
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
–
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha turli xil o‘quvlar, seminar-treninglar, konferensiyalar,
suhbat, uchrashuv, ko‘rik-tanlovlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish;
–
o‘z vakolati doirasida tarkibiy bo‘linma xodimlariga berilgan topshiriqlarning
bajarilishini nazorat qilish, xodimlarning kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini
tashkil etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
–
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;
–
vazirlikning boshqa tarkibiy va hududiy bo‘linmalari bilan faoliyat uzviyligini
ta’minlash, o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ijro
intizomini doimiy nazorat qilish;
–
xodimlarning
o‘z
funksional
vazifalarini
bajarilishini
nazorat
qilish,
shu asosda ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha vazirlik
rahbariyatiga tegishli takliflar kiritish;
–
tarkibiy bo‘linma rahbari vakolati doirasida o‘z xodimlari o‘rtasidagi vazifalar
taqsimotiga zaruriyatga qarab tegishli o‘zgartirishlar kiritish;
–
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: