O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

vazirlik doirasida bo‘lib o‘tadigan majlis va turli yig‘inlarni tashkil etishda amaliy
yordam ko‘rsatishni;

respublika va vazirlik miqyosida o‘tkaziladigan barcha tadbirlarni o‘tkazishda xo‘jalik
bo‘yicha tashkiliy ishlarni bevosita olib borishni;

boshqarma oldiga qo‘yilgan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarishni;

boshqarma faoliyatini tashkil etish, ularni kadrlar bilan mustahkamlash yuzasidan
vazirlik rahbariyatiga tegishli takliflar kiritishni;

o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar va
boshqa tadbirlarni o‘tkazilishini tashkil etish, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan
o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishni;

o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini tayyorlash, shuningdek boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni;

vazirlikning buxgalteriyasi bilan kelishgan holda vazirlikning yillik xarajatlar smeta
loyihalarini tuzish, tasdiqlash uchun vazirga kiritishni;

vazirlik apparati hisobida turadigan avtotransport vositalarining texnik holatini nazorat
qilib borishni;

vazirlik hisobidagi moddiy tovar boyliklarini hisobga olish, qayta hisobdan o‘tkazish
va hisobdan chiqarish bo‘yicha buxgalteriyaga hujjatlarni taqdim etish hamda vazirlik
xodimlarining o‘ziga biriktirilgan tovar-moddiy boyliklarni to‘laqonli asosida saqlash yuzasidan
moddiy javobgarlik shartnomalarini tuzishni;

hujjatlar bilan ishlash faoliyatini zamon talablariga mos bo‘lishini ta’minlash uchun
amaliy choralar ko‘rishni;

vazirlik texnik xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil etish hamda
haydovchilarni belgilangan tartib asosida malakasini oshirishni.
3. Malaka talablari:

kamida bakalavr darajasidagi iqtisodiy ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

o‘z mutaxassisligi bo‘yicha besh yildan kam bo‘lmagan staj yoki ta’lim va boshqa
soha boshqaruv organlarida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan


shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin