O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni kirim qilish, saqlash va
sarflash yuzasidan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ijroga qabul qilinishini;

g‘azna hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari bo‘yicha operatsiyalar bajarilishi uchun
asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlarning o‘z vaqtida taqdim etilishi, shuningdek tovar (ish,
xizmat) yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar belgilangan muddatlarda va to‘g‘ri amalga
oshirilishini;

buxgalteriya hisobining amaldagi qonun hujjatlarga muvofiq to‘g‘ri yuritilishi va
buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinishini;

moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishi va tegishli organlarga belgilangan
muddatlarda topshirilishini;

boshlang‘ich hisob hujjatlari, buxgalteriya hisobi registrlari, moliyaviy hisobot va
boshqa hisobotlar, shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq
boshqa hujjatlarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanishini;

vazirlikda buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa amaldagi me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni;

jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;

kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
3. Malaka talablari:

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi iqtisodiy ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

o‘z mutaxassisligi bo‘yicha besh yildan kam bo‘lmagan staj yoki ta’lim va boshqa
soha boshqaruv organlarida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Buxgalteriya
hisobi
to‘g‘risida”gi
Qonunining
12-moddasiga muvofiq belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati
tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining
rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i


nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin