O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida


-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati boshlig‘i-matbuot kotibi



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

109-§. Maktabgacha ta’lim vazirligi Axborot xizmati boshlig‘i-matbuot kotibi
lavozimining malaka tavsiflari
1Lavozim vazifalari:

xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qonunlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi
Nizom va vazirlikning buyruq va yo‘riqnomalariga hamda ushbu Nizomga amal qilgan holda
faoliyatini tashkil etish;

axborot xizmati (keyingi o‘rinlarda xizmat deb yuritiladi) o‘z faoliyatini Maktabgacha
ta’lim vazirligining markaziy apparati, hududiy boshqarma va bo‘linmalari hamda
respublikaning boshqa vazirliklari va idoralari, mahalliy o‘z o‘zini boshqarish organlari,
tashkilotlar, mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda
amalga oshirish;

xizmat o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda ommaviy
axborot vositalarining vazirlik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish
to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqish.

xizmat vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlaridagi tezkor
axborot bilan ta’minlash mutaxassislari faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

vazirlik tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga
oshirishda qatnashish;

vazirlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning milliy ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash;

xizmatning vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni
vazirlikning boshqa bo‘linmalaridan, vazirlikka qarashli tashkilotlardan belgilangan tartibda
so‘rab olish;

vazirlikning yig‘ilishlarida, majlislarida va boshqa tadbirlarida qatnashish;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari
talablariga rioya qilish;

qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun vazir bilan kelishgan holda vazirlikning boshqa
bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va ekspertlarini jalb
etish, shu jumladan kontrakt asosida jalb etilishini tashkil etish;

boshqa vazirlik va idoralarning axborot xizmatlari bilan belgilangan tartibda o‘zaro
hamkorlik qilish;

rahbariyatning topshirig‘iga ko‘ra davlat organlarida, respublika va xalqaro
ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarda xizmat vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha vazirlik
Tartib raqami
913
Mashg‘ulotlarning
milliy
standart
klassifikatori bo‘yicha kodi
1222
Xodimlar toifasi
Boshqaruv


nomidan vakillik qilish;

o‘z vakolatlari doirasida bosma nashrlarni nashr etish;

vazirlikning axborot siyosatini takomillashtirishga doir takliflarni, xizmat faoliyati
masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini rahbariyatga ko‘rib chiqishi uchun kiritish;

milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida vazirlik faoliyatining dolzarb
jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish;

internet tarmog‘ida vazirlik veb-resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini
ta’minlash;

vazirlikka nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy
ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida vazirlik rahbariyatini
xabardor qilish;

kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin