O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni
vazirlikning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ishlashni;

ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, ma’lumotlar
va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatishni;

vazirlik faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda
milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qilish, tele va radioeshittirishlarni tashkil etish, maktabgacha
ta’lim sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishni;

vazirlik rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan
matbuot konferensiyalari, brifinglari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etishni;

vazirlik faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy
ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish.
Vazirlik rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini
tayyorlashni;

ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish
uchun vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa
materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etishni;

vazirlik faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy
ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishni;

internet tarmog‘ida vazirlikning veb-saytini tashkil etish va uni zamonaviy darajada
saqlashni;

jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash
bo‘yicha faoliyat yuritishni;

kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini.
3. Malaka talablari:

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

o‘z mutaxassisligi bo‘yicha besh yildan kam bo‘lmagan staj yoki ta’lim va boshqa
soha boshqaruv organlarida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan ish staji.

ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lganda ish staji talab etilmaydi.


Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
Qonunining 44-moddasiga muvofiq Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimida mehnat faoliyatini
amalga oshirishga quyidagi cheklovlar belgilab berilgan.
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, pedagogik
faoliyatni amalga oshirishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklari yoki jismoniy nuqsonlari bo‘lgan
shaxslar, shuningdek qasddan jinoyatlar sodir etganligi uchun ilgari hukm qilingan shaxslar
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Ilgari o‘zining aybli harakatlari sababli mehnat shartnomasi tugatilgan shaxslar,
shuningdek qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganligi holati tugatilganligidan yoki olib
tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i
nazar, qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar, jinoyat ishlari
aybdorligi to‘g‘risidagi masala hal etilmagan holda tugatilgan jinoyatlar sodir etgan shaxslar
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi organlari va tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga
tayinlanishi mumkin emas.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin