1. Lavozim vazifalari:
–
tarbiyalanuvchilarga sog‘lom turmush tarzi asoslariga, gigiyena ko‘nikmalariga, suvga
ijobiy munosabatini shakllantirish;
–
maktabgacha yoshdagi bolalarga suvda o‘zini erkin tutishni va suzishni o‘rgatish;
–
kichik yoshdagi tarbiyalanuvchilarga yoshini hisobga olgan holda, kiyim kechak
o‘zgartirishga va dush qabul qilishga yordam berish;
–
bolalarni amaliyotda suzishga o‘rgatadigan yangi texnologiyalar va ixtiyoriy dasturlarni
joriy etish;
–
rejaga muvofiq bolalarning diagnostik tekshiruvini yiliga 2 marotaba o‘tkazishni
ta’minlash;
–
har bir guruh uchun suzishga o‘rgatish mashg‘ulotlari jadvalini tuzish, guruhlar yosh
tarkibini hisobga olib, tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish;
–
reja asosida tarbiyalanuvchilarning suv havzasida harakat faolligini nazorat qilish,
suzish bo‘yicha sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini olib borish;
–
maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablari asosida suzish bo‘yicha malaka
ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmayotgan bolalar bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazish;
–
tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi va jismoniy holatini nazorat qilish, tarbiyachilar va ota-
onalarga bolalar sog‘ligini mustahkamlash, jumladan suzish bo‘yicha va boshqa sport
seksiyalari, to‘garaklarga jalb qilish bo‘yicha maslahatlar berish, ularga metodik va amaliy
yordam ko‘rsatish;
–
tarbiyalanuvchilarning sog‘ligi yomonlashgani va jismoniy zaifligining jismoniy
tiklanishi uchun chora-tadbirlar ko‘rish;
–
mashg‘ulotlar paytida tarbiyalanuvchilar sog‘ligi va xavfsizligiga javobgar shaxs
hisoblanib, o‘zining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlashning metodik usullarini
takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya
bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish;
–
mavjud sport inshootlari va jihozlarning holatini, ishlashini kuzatish;
–
tashkilotining pedagogik kengashi va metodik uyushmalar faoliyatida qatnashish,
zaruriy hujjatlarni tartibga solish talablariga muvofiq saqlash;
–
odob-axloq, jamoa shartnomasi, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: