16-§. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bosh oshpazi
lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:
–
maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida ishni tashkil etadi.
–
taomlarni
maktabgacha
ta’lim
tashkilotidagi
taomnoma
asosida
tayyorlash
texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi;
–
tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga bo‘ladi va
tarqatadi;
–
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
–
oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida
to‘g‘ri sarflanishini ta’minlaydi;
–
taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga
oshiradi;
–
turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining tavsifi va biologik qiymatini o‘rganadi hamda
organoleptik usul orqali ularning sifat ko‘rsatkichlarini farqlaydi;
–
issiqlik ishlov beruvchi, vazn o‘lchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan
foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiladi;
–
har uch yilda bir marta sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha malaka oshiradi.
2. Bilishi lozim:
–O‘zbekiston
Respublikasi
Bosh
Davlat
sanitariya
vrachining
“O‘zbekiston
Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va
sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigienik talablar”
sanqvan № 0016-21-son qarori
(O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 26 iyunda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 30) asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-
gigiyena talablarini;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablarini;
–
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha sanitariya-gigienik talablarni;
–
sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘riqnomasini.
Dostları ilə paylaş: