–
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;
–
sho‘ba faoliyatini samarali rejalashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatlarini
muvofiqlashtirib borishni;
–
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish manfaatlari yo‘lida mahalliy davlat hokimiyat
organlari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
usullarini;
–
jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilangan talablarga qat’iy
rioya etish hamda jamoada sog‘lom raqobatli ma’naviy-muhitni shakllantirish;
–
sanitariya-gigiyena talablariga, mehnat qonunchiligi asoslariga, mehnatni muhofaza
qilish, bolalar hayotini muhofaza qilish va sog‘ligini mustahkamlash, texnika va yong‘in
xavfsizligi qoidalariga rioya qilishni.
3. Malaka talablari:
–
kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
uch yildan kam bo‘lmagan ish staji yoki Toshkentdagi Puchon universiteti, Toshkent
shahrida “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti
oliy ta’lim muassasasi filiali bitiruvchisi.
26-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi
Dostları ilə paylaş: