O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

maktabgacha ta’lim tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-
mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;

maktabgacha pedagogika, maktabgacha bolalar psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi
bolalar fiziologiyasi va ularni hayotga tatbiq etish yo‘llarini;

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;



maktabgacha ta’lim sifatini takomillashtirish yo‘nalishlari, usullari, vositalari,
mezonlarini, tashkilot faoliyatiga sifat menejmenti tizimini joriy qilishni;

maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonining
tashkil etilishini tahlil qilish va amaliy yordam berish shakllarini, ta’lim metodlarini va
vositalarini;

ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, jamoada qulay psixol-
ogik muhit yaratishni;

maktabgacha ta’limga oid sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish
yo‘riqnomasini.
3. Malaka talablari:

maktabgacha ta’lim yoki psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida bakalavr
darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;

uch yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.
28-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi Ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlash va
metodik xizmatni tashkil etish sho‘ba metodisti lavozimining malaka tavsiflari
1. Lavozim vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida bo‘lim mudiri hamda sho‘ba mudiri tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini
to‘liq bajarish va ular yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-
tarbiya sifatini ta’minlash va uzluksiz metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ma’lumotlar
tayyorlash va muhokamaga kiritish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash;

bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi
zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularni
maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha ta’lim sohasiga oid
normativhujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qilish;

tashkilotlarni attestatsiya va akkreditatsiyadan sifatli o‘tkazish bo‘yicha ishlarni tashkil
etish, ichki va tashqi baholash jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda “ONAKS” elektron
platformasiga o‘z muddatida joylashtirib borish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonini o‘rganish
hamda o‘rganish natijalari asosida ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
tavsiyalar tayyorlash, metodik yordam ko‘rsatish;

ta’lim-tarbiya jarayoni sifatli deb topilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari bazasida
tayanch ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish, ularning negizida ilg‘or tajribalar almashish,
Tartib raqami
3767
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
2351
Xodimlar toifasi
Mutaxassis


yangi pedagogik, axborot-kommunikatsion va boshqa texnologiyalarni joriy etish masalalari
bo‘yicha uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida
foydalanishni ta’minlash;

tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayoniga metodik xizmat
ko‘rsatish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maktabgacha ta’limga qo‘yilgan ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga mos shart-sharoitlar yaratilishini
o‘rganish;

maktabgacha ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimiz va jahonda
sohani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini pedagoglar,
ota-onalar hamda tarbiyalanuvchilar ongiga yetkazishni nazarda tutadigan seminarlar tashkil
etish;

“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”
hamda “Ilk
qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy
kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli
sharoitlar yaratish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi kuzatuv kengashlari hujjatlarini rasmiylashtirishga
metodik yordam berish va hujjatlar yuritilishini nazorat qilish;

bolalarning rivojlanish xaritalari yuritilishini nazorat qilish, xulosalar yuzasidan tegishli
metodik maslahatlar berish;

maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog va rahbar xodimlar o‘rtasida zamonaviy
pedagogik
va
axborot
texnologiyalari,
xorijiy
mamlakatlarning
ilg‘or
tajribasidan
foydalanadigan va amaliyotga tatbiq etadigan ilg‘or ish tajribalarni aniqlash, o‘rganish va
ommalashtirishga doir hujjatlarni umumlashtirish;

maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik va psixologik
usullar bilan o‘qitishning ilg‘or shakl va usullarini o‘yinlar orqali joriy etilishi yuzasidan amaliy
metodik yordam ko‘rsatish;

ta’lim berish tilidan kelib chiqib, pedagoglarning o‘quv-metodik qo‘llanmalarga
bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash yuzasidan ma’lumotlar bankini yaratish, so‘rovnomalar o‘tkazish
va tahlil qilish;

maktabgacha ta’lim tizimiga doir bolalar badiiy adabiyotlari, metodik adabiyotlar bilan
ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlab, bo‘lim mudiriga o‘rnatilgan tartibda buyurtmalar kiritish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagoglarning kasbiy salohiyati va ta’lim sifatini
oshirish maqsadida metodik adabiyot va qo‘llanmalarning pedagoglar va ota-onalarga
yetkazilishini ta’minlash;

bo‘limning tegishli sho‘balari bilan o‘zaro hamkorlik ishlarini amalga oshirish;

o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni tayyorlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza
qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin