2. Bilishi lozim:
–
maktabgacha ta’limi tizimiga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-
mohiyatini va ularni amaliyotga tatbiq etishni;
–
maktabgacha pedagogika, maktabgacha bolalar psixologiyasi va maktabgacha yoshdagi
bolalar fiziologiyasi va ularni hayotga tatbiq etish yo‘llarini;
–
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”
hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, o‘quv-uslubiy
qo‘llanmalarni amaliyotga tatbiq etish va uzluksiz takomillashtirib borish yo‘llarini;
–
maktabgacha ta’lim sifatini takomillashtirish yo‘nalishlari, usullari, vositalari,
mezonlarini, tashkilot faoliyatiga sifat menejmenti tizimini joriy qilishni;
–
ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishini tahlil qilish va amaliy yordam berish
shakllarini, ta’lim metodlarini va vositalarini;
–
ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni tatbiq etish metodlarini, jamoada qulay
psixologik muhit yaratishni;
–
maktabgacha ta’limga oid sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini, bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish
yo‘riqnomasini.
3. Malaka talablari:
–
maktabgacha ta’lim yoki psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida bakalavr
darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot;
–
xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
–
bir yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish staji.
29-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha mutaxassisi lavozimining malaka tavsiflari
1.
Lavozim vazifalari:
–
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida bo‘lim mudiri tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular
yuzasidan tegishli takliflar kiritish;
–
bo‘lim hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha
tegishli masalalar bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish;
–
maktabgacha
ta’lim
tashkilotlarida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
rivojlantirish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni bo‘limning umumiy ish
rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda bajarilishini ta’minlash;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishning elektron tizimi yo‘lga
qo‘yilishi bo‘yicha hududiy davlat xizmatlari markazi bilan hamkorlikni amalga oshirish;
–
maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot
texnologiyalarining joriy etilishi, maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimining (EMIS)
keng joriy etilishini ta’minlash;
–
maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya
jarayoni to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z vaqtida muntazam ravishda maktabgacha ta’limni
boshqarishning axborot tizimi (EMIS)ga kiritilishini nazorat qilish;
Tartib raqami
2529
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
4023
Xodimlar toifasi
Mutaxassis
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari va maktabgacha ta’lim
tashkilotlariga maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi (EMIS) dan samarali foydalanish
bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish;
–
maktabgacha ta’lim tizimiga oid ma’lumotlarning elektron bazasini yarata olish,
asosiylarini tanlay olish va ularni tahlil qilish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy kompyuter texnikasi, tarmoq va
telekommunikatsiya qurilmalari va zamonaviy dasturiy ta’minotini ta’minlash chora-tadbirlarini
belgilashga ko‘maklashish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonida axborot kommunikatsion
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish, axborot
kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish shakllari va usullarini joriy etish hamda
internet tarmog‘idan foydalanishni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘lim xodimlari va maktabgacha ta’lim
tashkilotlardagi kadrlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha
malakasini oshirishni muvofiqlashtirish;
–
tizimdagi xodimlar bilan hamkorlikda belgilangan tartibda tegishli axborot
texnologiyalari bo‘yicha elektron resurslar yaratish, o‘rnatilgan tartibda ko‘paytirish va
tarqatishni tashkil etish;
–
maktabgacha ta’lim tashkilotlari elektron (virtual) kutubxonasini tashkil etish ishlariga
ko‘maklashish;
–
maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga doir videokonferensiyalar, videoseminar,
o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilishini tashkil etish;
–
hududiy aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari bo‘limlari
hamda boshqa tashkilot va idoralarning tegishli bo‘linmalari bilan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasida o‘zaro hamkorlik munosabatlarni amalga oshirish;
–
bo‘lim xodimlarining huquqiy axborotdan keng ko‘lamda foydalanishini ta’minlash;
–
huquqiy axborotni va undan foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida
maktabgacha ta’lim tizimiga oid muammoli masalalar bo‘yicha buklet, flayer va plakatlar
shaklida tarqatmalar tayyorlash va boshqarma rahbariyatiga taqdim etish;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlarni qayta ishlovchi
vositalardan, aloqa va ma’lumotlar uzatish vositalaridan foydalanish hamda axborot xavfsizligini
ta’minlash, ularni rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar tayyorlash va rahbariyatga taqdim
etish;
–
maktabgacha ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalari va internet resurslaridan
foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga
oshirish;
–
o‘z yo‘nalishiga oid masalalar bo‘yicha ma’lumotlar, hisobotlar tayyorlash va bo‘lim
rahbariyatiga kiritish;
–
vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan xat, ariza va
shikoyatlarni ko‘rib chiqish, fuqarolarni qabul qilish, og‘zaki va yozma murojaatlarni o‘rnatilgan
tartibda hal etish choralarini ko‘rish,
–
o‘z yo‘nalishiga doir bo‘limga kelib tushgan xat va hujjatlarning ijrosini ta’minlash;
–
bo‘limning boshqa xodimlari bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim tizimida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida ma’lumotnomalar tayyorlash va
rahbariyatga taqdim etish;.
–
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish yo‘nalishida
tashkil etiladigan turli tadbirlarda ishtirok etish;.
–
bo‘limning va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining axborot xavfsizligini ta’minlash,
rasmiy veb-sayti va videokonferensaloqa tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni
muvofiqlashtirish;
–
bo‘limning davriy hisobotlari uchun videorolik va taqdimotlar tayyorlash;
–
tuman (shahar) maktabgacha ta’lim tizimida ro‘y bergan yangiliklar, tadbirlar yuzasidan
tayyorlangan axborotlarni bo‘limning rasmiy vebsayti va boshqa elektron ommaviy axborot
vositalariga joylashtirish ishlarini tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: |