O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘g‘risida



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/199
tarix03.09.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#141333
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   199
Вазирлик тизимидаги лавозимлар учун белгиланган малака талаблари билан танишиш

2. Bilishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarni;
mehnat qonunchiligi va kadrlar masalalari bo‘yicha yangiliklarni va uni hayotga tatbiq
etish yo‘llarini;

kadrlar bilan ishlash bo‘yicha metodik ishlarni tashkil etish va kadrlar qo‘nimsizligini
oldini olish usullarini;

mavjud axborot manbalaridan foydalana olishi (internet, televizor, radio, telefon,
elektron pochta va x);

sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi
qoidalarini.
3. Malaka talablari:

kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;

xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan to‘liq foydalanishni bilishi;

kadrlar yo‘nalishi bo‘yicha kamida ikki yillik ish staji (oliy ma’lumoti bilan birga
yuridik yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega kadrlardan amaliy ish staji talab
etilmaydi).
32-§. Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi
Kadrlar bilan ishlash sho‘basi mutaxassis lavozimining malaka tavsiflari
1.Lavozim vazifalari:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon,
farmoyishlari va qarorlari, Hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul
Tartib raqami
2706
Kasblarning milliy standart klassifikatori
bo‘yicha kodi
2132
Xodimlar toifasi
Mutaxassis


qilingan vazirlik qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlar ijrosini ta’minlash
maqsadida bo‘lim mudiri tomonidan o‘ziga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarish va ular
yuzasidan tegishli takliflar kiritish;

bo‘lim Hay’ati, ishlab chiqarish yig‘ilishlarida ishtirok etish, bo‘limga tegishli
masalalar, tizimda mehnat qonunchiligi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar
tomonidan huquqiy axborotdan foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish, ularni qayta
tayyorlash
va malakasini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash va muhokamaga kiritish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kadrlar bilan ishlash ahvoli haqida bo‘lim kengashi,
ishlab chiqarish yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar yuzasidan buyruqlar, me’yoriy hujjatlar,
tahliliy ma’lumotlar, bildirishnomalar tayyorlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida huquqiy axborotdan foydalanish va mehnatni
muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlardan samarali foydalanish, tizimdagi xodimlarni
mehnat qonunchiligi asosida faoliyat ko‘rsatishi, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish, attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan istiqbol va joriy ish
rejalarini ishlab chiqish, uni bo‘limning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish, o‘z vaqtida
bajarilishini ta’minlash;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash borasidagi
ishlarni ta’minlash va statistika boshqarmasiga OPS-1 hisobotini “Aholini
bandlikka
ko‘maklashuvchi markazi”ga hisobot topshirish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi vakolati doirasida xato va kamchiliklarga
yo‘l qo‘ygan xodimlarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida buyruqlar tayyorlash va
bo‘lim mudiriga kiritish;

boshqaruv lavozimlari ro‘yxatiga olingan rahbar kadrlarni tanlash, o‘rganish, istiqbolli
va amaldagi kadrlar zaxirasini shakllantirish masalalarini amalga oshirish;

rahbar kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishga oid ishlarni muvofiqlashtirish,
boshqarma va boshqarmaning hisob-hisobot nazorat nomenklaturasida bo‘lgan lavozimlarga
nomzodlarni kiritish bo‘yicha bo‘lim mudiriga takliflar kiritish;

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oliy ma’lumotli
pedagoglar bilan ta’minlash
maqsadida o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglarni maxsus sirtqi va sirtqi bo‘limlarda o‘qish
uchun oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish, ularning ro‘yxatini
shakllantirish va boshqarmaga taqdim etish;

maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlarining soni va tarkibi bo‘yicha
hisobotlarni yig‘ish, umumlashtirish va boshqarma hamda statistika tashkilotlariga taqdim etish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar
malakasini oshirish istiqbol rejalarini belgilash, yillik reja asosida malaka oshirishga
yuborilishini nazorat qilish;

maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan nomutaxassis kadrlarni aniqlash
ularni qayta tayyorlash kurslaridan o‘tkazilishini ta’minlash;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limidagi hamda maktabgacha ta’lim
tashkilotlaridagi pedagogik kadrlar qo‘nimsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va
bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;

yosh mutaxassislarni hisobga olish, ularni kelajakda ish bilan ta’minlash maqsadida
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirish yuzasidan ro‘yxatlarini shakllantirish va ishga
qabul qilinishini nazorat qilish, ular bilan ishlash;



tizimdagi ilg‘or ish tajribaga ega bo‘lgan faol xodimlarni moddiy rag‘batlantirish
yuzasidan bo‘lim mudiriga takliflar kiritish;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari
bilan taqdirlash hujjatlarini tayyorlash hamda o‘rnatilgan tartibda boshqarmaga taqdim etilishini
ta’minlash;

mukofot va rag‘batlantirishlar hisobini olib borish va ularni belgilangan tartibda
topshirilishini ta’minlash;

joylarda mehnat qonunchiligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari bilan
maslahat, o‘quv-seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi nomenklaturasiga kiruvchi hujjatlar yig‘ma
jildlarining yuritilishini nazorat qilish;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbar
xodimlarining shaxsiy tarkibi bo‘yicha buyruqlarni tayyorlash va ularning belgilangan tartibda
saqlanishini ta’minlash;

tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari va maktabgacha ta’lim tashkiloti
rahbar hamda pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazilishida zarur hujjatlarni tayyorlash va
boshqarmaga taqdim etish;

bo‘limga kelgan xat va hujjatlar, fuqarolardan kelgan ariza, shikoyat, murojaat va
takliflar ustida ishlash, fuqarolarni qabul qilish hamda ular tomonidan ko‘tarilgan masalalarni
o‘rnatilgan tartibda hal etish choralarini ko‘rish;

kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin