–
maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog bilan mashg‘ulotlarga maktabgacha taʼlim
tashkilotining quyidagi tarbiyalanuvchilari jalb qilinadi:
–
3–7 yoshdagi inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari
bo‘lgan tarbiyalanuvchilar;
–
5–7 yoshdagi nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi, dislaliya (oddiy,
murakkab) bo‘lgan tarbiyalanuvchilar.
–
maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog bilan mashg‘ulotlarning zaruratini aniqlash
uchun tarbiyalanuvchilar rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha taʼlim
tashkilotiga qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 hafta ichida o‘tkazish.
–
maktabgacha
taʼlim
tashkilotining
defektolog
tomonidan
3–7
yoshdagi
tarbiyalanuvchilar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari va 5–7 yoshdagi
tarbiyalanuvchilar nutqida nuqsonlari aniqlanganda, ushbu tarbiyalanuvchilar maktabgacha
taʼlim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasiga chuqurlashtirilgan
tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuborish.
–
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari tasdiqlanganda hududiy tibbiy-
psixologik-pedagogik komissiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuborish.
–
maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etishdan maqsad
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari, shu jumladan nutqida nuqsonlari bo‘lgan
tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatish.
–
maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan
iborat:
–
nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartibdagi korreksion-pedagogik ish
rejasini tuzish uchun kompleks psixologik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish;
–
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarni, shuningdek xotira, tafakkur, diqqat-
eʼtiborni imkon qadar korreksiya qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
–
tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga muvofiq korreksion-pedagogik
usullarni tanlash;
–
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga taʼlim-
tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya
qilish uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan inklyuziv taʼlim muhitini yaratish yuzasidan
pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish;
–
defektolog ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablariga muvofiq, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya va korreksion
faoliyatni tashkil etishda turlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya va korreksion-
pedagogik yordam ko‘rsatilishini taʼminlash;
–
defektolog maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagoglari, boshqa mutaxassislari bilan
yaqin hamkorlikda ish olib boradi, mashg‘ulotlarni borib ko‘radi, pedagog xodimlari va bolaning
qonuniy vakillarga nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus
usullar va uslublarini qo‘llash yuzasidan maslahat berish;
–
inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan
tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya
xulosasida belgilangan muddatgacha o‘tkazish;
–
nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5–7 yoshdagi tarbiyalanuvchilarni maktabgacha taʼlim
tashkilotida korreksion-pedagogik ishlar 6 oy o‘tkazilganidan keyin maktabgacha taʼlim
tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasining logopedi tomonidan
tekshirish uchun yuborish.
Dostları ilə paylaş: