Qo`shimcha qism: Tajriba natijalarini baham ko`ring. O`qituvchi qo`shimcha hodisalarga e`tiborni qaratadi - suvlar atrofida aylanib yurgan, toshning rangi o`zgargan, yanada yorqinroq bo`ldi.
Xulosa: toshlar suvda cho`kib ketadi, chunki ular og`ir va zich.
(Bolalar toshni olib, qog`oz sochiq bilan artadilar.)
Mis tog`ining bekasi bolalarga bir kataklardan iborat bo`lgan quti sovg`a qiladi va o`z guruhlarida toshlar to`plamini yaratishni so`raydi.
Qo`shimcha qism: bolalarni o`z guruhida toshlar to`plamini yaratishga taklif qiling.
E`tiborga molik jihatlar:
Qurish-yasash va matematika markazi «Mahalla ko`chalari» Maqsad: Harakatlar rejasini tuzadi.Qurilish materiallari haqida tushunchaga ega. Mantiqiy fikrlash, diqqat, tasavvur o`sadi.Mayda motorika rivojlanadi. Kerakli Jihoz va materiallar: kubiklar,zamonaviy shahar va binolar tasvirlangan rasmlar.Geometrik shakllar va turli mashinalar
Faoliyatning borishi:
«Yo`l qurilishi» mavzusidagi rasmlarni kuzatish.
Bolalar bilan yo`l qurilishini rejalashtirish.
Qurilgan yo`l(Bollar ishi)
Bolalar ishilarini muhokama qilish
Qo`shimcha qism:Tarbiyachi bolalar ishlarini mayda o`yinchoqlar, daraxtlar, mashinalar bilan to`ldirishni taklif etadi. Badiiy adabiyot asarlaridan foydalanadi.
E`tiborga molik jihati: o`z mahallasidagi ko`cha haqida hikoya qilish, tasavvurini o`sishi, mayda motorikani rivojlanishi, hayot havfsizligi saboqlari.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramatizasiya markazi «Sartaroshxona» Maqsad: Sartarosh ustasi bilan tanishish, aloqa madaniyatini rivojlantirishda so`z birikmalaridan foydalanish.