O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə17/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

Jihoz va materiallar: kubiklar, geometrik shakllar, qurilish materiallar, hovli uchun to`siqlar. Hayot xavfsizligi saboqlari.
Faoliyatning borishi:
  1. «Men va mening oilam uyda» mavzusidagi rasmlarni ko`rib chiqish (AKT yordamida);


  2. Uy qurilishini bolalar bilan rejalashtirish;


  3. Shinam uy qurish;


  4. Bolalarning bajargan ishlarini muhokama qilish va rag`batlantirish.




Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga o`zishlarini kichik (mayda) o`yinchoqlar (mashina, pardalar, mebel, daraxtlar, o`simliklar va boshqalar) bilan to`ldirishni taklif etishi, badiiy so`zlardan foydalanib suhbatlashishi va muloqotni davom ettirishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: qurilish materiali bilan ishlashni bilishi; kerakli yechimni topa bilishi va do`stlarini unga ishontira olishi.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
«Modalar atelyesi»
Maqsad: tikuvchi kasbini biluvchi sifatida atelye - so`zi mohiyatini tushunadi. Muloqot madaniyati va estetik ko`nikma va malaka elementlari shakllantiriladi.
Jihoz va materiallar: bolalar tikuv mashinasi, materiallar, santimetr, kiyimlar katalogi, modellar (namunalar) rasmlari, iplar, tugmalar, qaychilar, tasmalar, bezaklar, aksessuarlar (ayrim qismlar).
Faoliyatning borishi:
  1. Bolalar mavzuga oid rasmlar va markaz materiallarini ko`rib chiqishadi.


  2. O`z ishlarini rejalashtirishadi.


  3. O`z tanlovi bo`yicha kiyim andazasini oladi.


  4. Bajarilgan ish taqdim etiladi.




Qo`shimcha qism: tarbiyachi modalar ko`rgazmasi namoyishini tashkil etishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: bolalar vazifa bo`yicha materiallardan foydalanishni bilishi; estetik va etikaga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Til va muloqot markazi

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin