Jihoz va materiallar: oilaviy dam olish fotosuratlari to`plami, AKT vositalari, oilaviy arxivdan video parchalar, qog`oz, buyoqlar, qalamlar.
Faoliyatning borishi:
«Men va mening oilam» mavzusidagi rasm namunalarini ko`rib chiqish;
Bolalar oilaviy urf-odatlar haqida bir-birlari bilan o`rtoqlashadilar;
Ishlash texnologiyasini tanlash (applikasiya yordamida chizish);
Bolalar ishlari.
Qo`shimcha qism: bolalar ishlari ko`rgazmasini tashkil etish.
E`tiborga molik jihati: toza-ozoda ishlashni bilishi; oila a`zolariga muhabbatni tarbiyalash
Qurish-yasash va matematika markazi
«Teatr binosini quramiz»
Maqsad: turli qurilish materiallaridan teatr sahnasini qurish, odatiy (oddiy) shakllarni aytadi va ularni qurilishda foydalanadi, hisobni biladi, o`lcham, sonlar, rang va shakllarni farqlay oladi.
Jihoz va materiallar: kubiklar,geometrik figuralar,qurilish bloklari,
tomoshabinlar uchun o`rindiqlar, ekran, teatr va kinoteatrlarni aks ettiruvchi rasmlar.
Faoliyatning borishi:
«O`zbekiston teatrlari» video materiallari va «Teatr» , «Kinoteatr» mavzusidagi ko`rinishlarni tomosha qilish;
Bolalar bilan birgalikda kinoteatr qurilishini rejalashtirish;
Kino teatr loyihasi;
Bolalar ishlarini muhokama qilish.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi monitor, stulchalar, qo`g`irchoqlar, tomoshabinlardan foydalanib, badiiy so`zlarni ishlatgan holda tomoshalar tashkil qilishi mumkin.
E`tibor berish lozim: bolalarni jamoada ishlashga o`rgatish; tasavvurini rivojlantirish.
Syujetli-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
«Zumrad va Qimmat» sahnalashtirilgan asari
Maqsad: ertak mazmunini biladi, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini tavsiflaydi, aktyorlik mahoratini namoyon qiladi.
Dostları ilə paylaş: |