O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə20/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

Jihoz va materiallar: qahramonlar kostyumlari,ertakga oid jihozlar.
Faoliyatning borishi:
  1. Bolalar birgalikda ertak mazmunini eslaydilar;


  2. Rollarni taqsimlaydilar va mos ko`rinishlarni tanlaydilar;


  3. Ertak syujetini ijro etadilar.




Qo`shimcha qism: rollarni almashishlari mumkin.
E`tiborga molik jihati: bir-birini eshita olishi; jamoada do`stona faoliyat olib borish, o`ynash, ijodiy faollikni namoyon qilish.
Fan va tabiat markazi
Qumda magnit
Maqsad: magnit tushunchasini bilish asosida magnit xususiyatlari va magnit bilan bog`liq bo`lgan fizika qonuni haqida elementar tushunchalarni bilishi. Magnit bilan bog`liq elementar tajribalarni o`tkazishi mumkin.
Jihoz va materiallar: turli formadagi magnit, quruq qum to`ldirilgan idishlar, rasm namunalari.
Faoliyatning borishi:
  1. Bolalar magnit bilan turli tajribalar ko`rsatishadi.


  2. «Qumli manzaralar» videosini ko`rish.


  3. Qumli stol ustida magnitlar yordamida rasm chizish (qumga stolning tagidan magnit bilan boshqarish mumkin bo`lgan predmet qo`yiladi);


  4. Bolalar bir-birlariga bajargan ishlarini ko`rsatishadi.




Qo`shimcha qism: tarbiyachibolalarga o`z ijod namunalarini turli Qo`shimcha qism predmetlar bilan bezatishlari mumkinligini taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishi; hayot, san`at va ilmni bir-biri bilan bog`lash; fikrlashni, nutqni, tasavvurni va mayda motorikani rivojlantirish.
Til va muloqot markazi
Oila daraxti
Maqsad: mantiqiy fikrlash rivojlanadi, faol va passiv nutq, oilasidan faxrlanish tuyg`usi shakllanadi.
Jihoz va materiallar: daraxt tasvirlangan rasm, oila a`zolari fotosuralari (har bir bola)

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin