Jihoz va materiallar: kuz tasvirlangan rasm, kuz xaqida adabiyotlar, AKT, slaydli disklar.
Faoliyatning borishi:
«Kuz» rasmini tomosha qilish;
Bolalar shu suratga aloqador bo`lgan so`zlarni topadilar.
Bolalar rasmga qarab tasviriy hikoya tuzadilar.
Qo`shimcha qism: mavzuga doir badiiy asarlarni tomosha qilish..
E`tiborga molik jihati: agar bola to`liq gap bilan javob berolmasa, unga yo`naltiradigan savollar va so`zlar bilan yordam berish, kuzatish qobiliyati va nutqni rivojlantirish.
Fan va tabiat markazi
Qushlar xaqida albom tomosha qilish.
Maqsad: albomda tasvirlangan rasmlardagi qush turlarini biladi,tabiatdagi qushlarning xayot tarzi xaqidagi ma`lumotlarni yig`adi, qushlar o`rtasidagi o`xshashlik va tafovutlarni farqlaydi, o`xshash va farqli tomonlarini taqqoslaydi.
Jihoz va materiallar: qushlarni rasmidan iborat bo`lgan fotoalbom, mavzuli kartochkalar, qushlar siluetlari.
Faoliyatning borishi:
«Qushlar» fotoalbomini ko`rish;
Qushlarning o`xshashliklari iva farqlari asosida kartochkalarni klassifikasiyalashtirish.
Qushlar siluetlari va rasmlarini taqqoslash.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bolalarga badiiy so`z bilan yo`naltirgan xolda qushlar patlari, tuxumlari (sensor tarbiya) bilan tanishishni taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati: ilm va turmushni bog`lay olishi, nutq va tafakkurining rivojlanishiga.OBJ.
San`at markazi
Tabiiy materialdan bostirib chizish.
Maqsad: qo`l motorikasini, tafakkurini rivojlantiradi, qo`l ostidagi narsalardan foydalanib chizish ko`nikmasini egallaydi.
Jihoz va materiallar: qushlar rasmlari jamlanmasi, qog`oz, bo`yoqlar, noan`anaviy rasm chizish uchun tabiiy materiallar(patlar, bargchalar, paxta, shoxlar va dub daraxti mevasi (yong`og`i).
Dostları ilə paylaş: |