Noa`anaviy rasm chizish texnikasi bilan tanishishadi.
Rasm va tabiiy materialni tanlash.
Bolalarning amaliy ishlari.
Qo`shimcha qism:ko`rgazma tashkil etish.
E`tiborga molik jihati: mayda motorika va tasavvurning shakllanishiga, gigiyenik normalarga amal qilishi va toza ishlashiga.
Qurish-yasash va matematika markazi Qog`oz qutidan «qushlar uchun donxo`rak» yasash Maqsad: karton qog`ozlardan donxo`rak yasash, uning kuz faslidagi vazifasi xaqida so`zlaydi, turli ranglarni tanlaydi va shakllarni biladi.
Jihoz va materiallar:turli hajmdagi qog`oz qutilar, yelim, skotch, qaychi, o`ram qog`oz, yoki bo`yoqlar.
Faoliyatning borishi:
Bolalar qushlar uchun yasalgan turli xil donxo`raklar rasmlarini tomosha qilishadi.
Ishning bajarilishini bolalar tomonidan rejalashtirilishi.
Donxo`rakni yasash va o`rash.
Donxo`rakning taqdimoti.
Qo`shimcha qism: mustahkamroq donxo`rakchalarni hovlidagi daraxtlarga o`rnatish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning jamoada ishlay olishiga, donxo`rakning funksional va xavfsizligiga.
Til va nutq markazi Mavzuga oid topishmoqlar va tez aytishlar. Maqsad: diqqati rivojlanadi, faol va faol bo`lmagan nutqi rivojlanadi, tafakkuri, fikrlashi, nutq nafasi shakllanadi, nutqining tempi va ifodaliligi shakllanadi.
Jihoz va materiallar: topishmoq va tez aytishlar bo`yicha rasmlar.
Faoliyatning borishi: