Qo`shimcha qism: sahnalashtirilgan ertakni boshqa guruh bolalariga namoyish etadilar.
E`tiborga molik jihati: bir-biriga do`stona munosabatda bo`lish, bo`lishish va imkon berishni tarbiyalash.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi
Syujet-rolli o`yin « Avtobusda sayohat»
Maqsad: jamoa bilan o`ynashni, aniq bir rolni bajarishni, yo`l harakati qoidalarini va transport turlarini biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: stullardan avtobus, haydovchi uchun joy va bosh kiyim, chiptalar sumkasi, chiptalar. Oq, qizil, sariq va ko`k rangdagi kapalaklar.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Rollarni taqsimlash. Avtobusda sayohat.
2. «Mustaqillik» bekati. O`yin. «Gullarni yig`ib ol!». Bolalar avtobusdan chiqib gullarni savatchaga teradilar
«Xalqlar do`stligi» bekati. Harakatlio`yin «Qushga aylan».
Boshlovchi: «Bir, ikki, uch, o`z atrofingda aylanib qushga aylan!
( chumchuq - bolalar chumchuqning yurishiga, ovoziga, harakatiga taqlid qiladilar, keyin qaldirg`ochga, turnaga).
Qo`shimcha qism: Qo`shimcha qism bekatlar bilan o`yinni davom ettirish mumkin.
E`tiborga molik jihati: hamjihatlikni, o`z ishiga mas`uliyatni ko`chada va transportda o`zini tutish qoidalariga rioya qilishni singdirish.
Til va nutq markazi
So`z o`yini «Nima yaxshi-yu, nima yomon?»
Maqsad: yaxshi va yomonni ajratadi, ertak va hikoyalardan qismlarni so`zlab beradi.
Kerakli Jihoz va materiallar: syujetli suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Illyustrasiyalarni tomosha qilish.
2. Mazmunga mos illyustrasiyalarni ajratish.
Xulosalar.
Ta`limiy o`yin: «Yaxshi ishlar».
Bolalar mazmunga mos bo`lgan suratlarni tomosha qiladilar va qaysi biri yaxshi va yomonligi so`zlab berishadi.
- o`g`il bola buvisiga ignaga ip o`tkazishda yordam beradi;
- qiz bola gulxonadangullarni teradi guldasta tayyorlaydi;
- o`g`il bola ukasiga kitob o`qib beradi;
- qiz bola bog`da agatni sug`ormoqda;
- o`g`il bola idish yuvadi;
- o`g`il bola ko`lmakka oyog`i bilan tushib, tepsinmoqda;
- katta qiz kichkinasini arg`imchoqdan yiqitdi, va u yiqildi, urildi; - qiz bola xiyobonda qushlar iniga don sepdi va h.k.
Dostları ilə paylaş: |