O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim jarayonini mavzuviy rejalashtirish (tayyorlov guruhi) Toshkent 2018 yil



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə99/187
tarix22.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#159495
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   187
O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta`lim vazirligi maktabgach-fayllar.org

So`zo`yini: «Yaxshi va yomon». Bolalar illyustrasiyalarni tomosha qilib, ertak qahramonlarining yaxshi va yomon ishlarini eslaydilar.
Qo`shimcha qism: jamoa bo`lib yaxshilik va yomonlik to`g`risidagi multfilm ko`radilar.
E`tiborga molik jihati: bolalarni yaxshi ishlar qilishga bo`lgan intilishga, ijodiy tasavvurlar.
Til va nutq markazi
Suhbat «Yaxshi xulq» . «Ezgu so`z» .
Maqsad: kattalar va kichiklar bilan xushmuomila bo`lish, odamlarning hatti harakatlarini tahlil qilish, ezgu ishlarga qiziqish uyg`otish.
Kerakli Jihoz va materiallar: mazmunga oid suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Bolalar ijobiy hatti harakatlar aks etgan kartochkalarni tanlaydilar;
2. Bolalar yaxshi ertak qahramonlarini va ularning xatti harakatlarini eslaydilar;
  1. Ta`limiy o`yin: «Qiziqarli kartochkalar». Kartochkalarda berilgan vaziyat bo`yicha imkon qadar ko`proq «Sehrli» so`zlarni ishlatish.


  2. «Oltin qoidalar» xushmuomila murojaat. Taklif qilinayotgan kartochkalardan har bir bola oltin qoidalarni tanlaydi va doskaga joylaydi.


Oltin qoidalar aks etgan kartochkalardan namunalar:


- Doim salomlashish
- Xushmuomila bo`lish
- O`yinchoqlarini do`stlari bilan bo`lishish
- Agar xafa qilsa, uzr so`rash
- Boshqalarni hurmat qilish va h.k.
Qo`shimcha qism: tarbiyachi bilan M.Rasulevaning «Sehrli so`z» asarini o`qish.
E`tiborga molik jihati: Yaxshi xulq va xushmuomilalik.
Ilm-fan va tabiat markazi
«Qushlarni parvarishlash» Maqsad: jonzotga yaxshi munosabatda bo`lish, tabiatda o`zini tutish qoidalariga amal qilish, kuzatgan holatlari bo`yicha hikoya qilib berish.
Kerakli Jihoz va materiallar: qushlar rasmlari, don, donxo`rak, qafas, videoroliklar.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Qushlar tasvirlangan kartochkalarni tomosha qilish. O`tilgan qushlarni eslash Yangi qush bilan tanishish. Suratdagi qushlarni taqqoslash.
2. Ta`limiy o`yin «Qushlar». Hayot tarzi. Yashash muhiti. Bolalarni qushlarni tashqi ko`rinishidagi o`ziga xosligi, hayot tarzi, o`zini tutishi, muhitga moslashishi haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
  1. Bolalar inson qushlarga mehr muruvvat ko`rsatayotganligi aks etgan suratlarni tomosha qiladi. Surat bo`yicha hikoya tuzadilar.





Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin