Jamoaviy loy ishi «Choyga marhamat»
Maqsad: plastilindan qo`g`irchoqlar uchun choynak va piyola yasash, jamoa bo`lib ishlay olish.
Kerakli Jihoz va materiallar: chizma,plastilin, taxtakachlar, , stek, sochiqlar, idishni bezash uchun turli xildagi ashyo.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Tarbiyachi bilan birgalikda M.Nuriddinovaning «Choyga marhamat» she`rini o`qish.
Keling do`stlar choyga marhamat,
Birgalikda chaq - chaqlashaylik.
So`ng aytib sizga katta rahmat,
Kulib, dildan inoqlashaylik.
2. Qo`g`irchoq uchun choynak va piyola yasash.
Qo`shimcha qism: choynak va piyolani munchoqlar bilan bezatish.
E`tiborga molik jihati: mayda motorikani rivojlantirish, ko`z bilan chamalash.
San`at markazi
Applikasiya «Tabriknoma»
Maqsad: mustaqil holda tabriknoma tayyorlash.
Kerakli Jihoz va materiallar: ishni bosqichma-bosqich bajarish bo`yicha yo`riqnoma, rangli karton, rangli qog`oz, qaychi, yelim, mo`yqalam, sochiqcha, bo`yoq, kleyenka.
Faoliyatni olib borilishi:
1. Kompozisiyani tanlash.
2. Ishni bosqichma-bosqich bajarish. (sxema asosida) (tarbiyachining tanlovi asosida namunalar har xil bo`lishi mumkin )
Qo`shimcha qism: bolalarga o`zlarining tabriknomasini o`ylab topish taklifini berish.
E`tiborga molik jihati: bolaning ijodiy layoqati va rang tanlash qobiliyatini rivojlantirishga.
FEVRAL
Oylik mavzu: «G`aroyib olam»
Dostları ilə paylaş: |