Maqsad: applikasiyada har xil qog`ozlardan foydalanadi, ranglar hamohangligini tanlaydi.
Kerakli Jihoz va materiallar: qaychi, pva yelim, mo`yqalam, ho`l sochiqcha, kleyonka, rangli karton, flamaster, munchoq, tugmacha, kiyim aks etgan suratlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Bolalar Qurilish markazida yasagan odamchalarini olishadi va ularga qanday kiyim yasashini tanlashadi.
Rangli qog`oz tanlaydi. Kiyim yasashadi.
Kiyimni bezaydilar.
Qo`shimcha qism:bolalar ijod faoliyati ni ko`rgazmasini o`tkazish.
E`tiborga molik jihati: bolalarning ijodiy tasavvuri
4 HAFTA YaNVAR MAVZU: «XUSHMUOMILALIK ALIFBOSI» Qurish va yasash markazi Qog`ozdan yasash «Ezgu ishlar yelpig`ichi» Maqsad: qog`oz va qaychi bilan ishlashni, qog`ozni teng yarmiga, bir necha bor ketma- ketlikda buklashni biladi.
Kerakli Jihoz va materiallar:ezgu ishlar yozilgan yelpig`ich qismlari, tayyor yelpig`ich shakli.
Faoliyatni olib borilishi: 1. Yelpig`ich tayyorlash yo`riqnomasini ko`rish.
Bolalar o`zining yelpig`ichi uchun ezgu ishlar yozilgan qismni tanalaydilar.
Yelpig`ichni tayyorlash.
Qo`shimcha qism: bolaning lug`atini faollashtirish va boyitish. E`tiborga molik jihati: fikrlash doirasini kengaytirish.
Syujet-rolli o`yinlar va Dramalashtirish markazi Teatrlashtirish:«Ikki qizg`anchiq ayiqchalar» Maqsad: asarning nomini va mazmuni biladi, nom va mazmunni uyg`unligini ko`ra oladi.
Kerakli Jihoz va materiallar: o`rmon aks etgan shirma, ikki ayiqcha, ona ayiq, tulki, pishloq bo`laklari, har xil rangdagi geometrik shakllar chizilgan teatr chiptasi ( shu shakllar stullarga ham chiziladi).
Faoliyatni olib borilishi: 1. Bolalar ertak syujetini esga oladilar.
2. Rollarni taqsimlaydilar va qo`g`irchoq teatrini sahnalashtirishadi.